kechadigan va payqamas shakllarda bemorlar
ham xavfli infeksiya manbai
hisoblanadilar, chunki ular ko’pincha kechikib vrachga murojaat qiladilar, natijada
shifoxonaga kechikib yotqiziladilar. Sog’ayib ketuvchilar ko’pincha
rekonvalestsensiya davrining dastlabki 2 haftasida difteriya tayoqchalaridan xoli
bo’ladilar. Ba’zi hollarda sog’ayib ketuvchilarning bakteriyani ajratishlari 90 va
undan ortiq kungacha davom etishi mumkin. Tomoqdagi, burun-xalqumdagi
surunkali yallig’lanish
jarayonlari, shuningdek organizmning mahalliy va umumiy
qarshiligini susaytiruvchi umumiy surunkali va o’tkir
xastaliklar uzoq muddatli
bakteriya tashuvchilikka sabab bo’ladi. Tashuvchilik holati kasallanish darajasiga
bog’liq. Toksigenli shtammlar tashuvchilarini aniqlash ko’proq
epidemiologik
ahamiyatga ega. Kasallikni boshdan kechirganlarda va emlanganlarda 10-15
kungacha davom etadigan sog’lom tashuvchanlik kuzatilishi mumkin. Kasallikdan
so’ng antimikrob va antitoksik immunitet qoladi. Bemorning va
rekonvalestsentning qonida agglyutinin va antitoksinlar aniqlanadi. 1912 yilda
venalik pediatr Shik antitoksik immunitetni aniqlash
uchun teri ichi sinamasini
taklif qildi. Shuning uchun ham bu sinama SHIK reaksiyasi deb ataladi. Hozirgi
davrda immunitet mavjudligi RPGA yordamida aniqlanadi.
Difteriyada qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi asosan havo-tomchi yo’li
bilan, kam hollarda esa chang, bemor yoki bakteriya tashuvchi foydalangan
o’yinchoqlar, shuningdek oziq-ovqatlar orqali ham yuqishi mumkin. Emlashgacha
bo’lgan davrda asosiy kasallanish 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lib, bu barcha
kasalliklarning 80% ni tashkil qilar edi. Amaliyotga difteriya anatoksini bilan
emlash joriy etilgandan so’ng esa, kasallanish kamayishi bilan bir
qatorda uning
katta yoshdagilar o’rtasida yuzaga kelishi ko’paydi. Difteriyaga mavsumiylik xos
bo’lib, yoz oylarida bemorlar soni oshib boradi va eng ko’pi sentabr-dekabr
oylarida, eng kam bemorlar soni esa aprel-avgust oylarida kuzatiladi.
Difteriya bilan kasallanish mavsumiy o’zgarib turishini bolalarning hayot
tarzlari o’zgarishi bilan tushuntirish mumkin. Yoz oyida va kuz oyining boshlarida
ko’chalarda, hovlilarda bolalarning o’zaro muloqoti ko’payadi bundan tashqari
bolalarning oromgohlarga jo’nashlari tufayli bolalar
yangi jamoalari tashkil
qilinadi. Kuzda maktab jamoalari qayta tiklanadi. O’quv yilining boshlanishi
bilanoq difteriya bilan kasallanishning o’sishi o’z navbatida kasallik
tarqalishida
maktablarning ahamiyatini ko’rsatadi. Maktab bolalari ko’pincha kasallikning
yengil turi bilan og’riydilar. Infeksiya esa maktablarga bemorlar va tashuvchilar
orqali keltiriladi. 1922 yilda Roman (Fransiya) tomonidan kashf qilingan difteriya
anatoksini difteriyaga qarshi muvaffaqiyat bilan kurashishga umid baxsh etdi.
Haqiqatdan ham emlashlar natijasida bolalar o’rtasidagi kasallanish kamayib bordi.
Urushdan keyingi yillarda sobiq SSSR difteriya anatoksini bilan ommaviy
emlashlar natijasida kasallanish inqilobgacha bo’lgan davrga qaraganda 5-6
marta
kamaygan. Undan keyingi davrlarda difteriyaga qarshi rejali emlash natijasida bu
kasallik keskin kamaytirildi.