O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Profilaktikasi va ehtiyot choralari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Profilaktikasi va ehtiyot choralari 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar asosan yuqish mexanizmini to’xtatishga 
(uzib qo’yishga) qaratilgan. Generallashgan shakllarida, shuningdek bakteriologik 
tasdiqlangan meningokokk nazofaringitlarda tuman (shahar) DSENM lariga 
shoshilinch xabarnoma yuborilishi shart. Meningokokkli nazofaringitni 
bemorlardagi kataral belgilarning yo’qolishiga va burun-halqum ajratmasini 
bakteriologik tekshirishga bir marta manfiy natija olgunga qadar uyiga izolyatsiya 
qilinadilar, yoki shifoxonaga joylashtiriladilar. 
Kasallanish bolalar muassasalarida sodir bo’lganda kasallikning yengil va 
payqalmas shakllaridagi bemorlarni faol aniqlashni tashkil etish zarur. 


Tashuvchilarni aniqlash uchun muloqotda bo’lganlarning burun-halqum shilig’ini 
bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish ayni muddaodir. O’sha joyda 10 kun 
muhlatga karantin belgilanadi. 
O’choqlarda yakuniy dezinfeksiya o’tkazilmaydi, lekin joriy dezinfeksiya 
qatorida xonalarni 0,1 % li xlor eritmasi bilan har kuni artib tozalanadi va 
shamollatiladi. 
1966 yilda Goshtlik (AQSH) da kimyoviy polisaxaridli guruh spesifik 
meningokokk vaksina ishlab chiqilgan, kichkina bolalar jamoalarida esa 7 kun 
ichida 3 ml platsentar gammaglobulin yuboriladi (bemorlar bilan muloqotda 
bo’lganda). 
Meningokokkli infeksiyada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
 
1. Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar:
- MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlarni yuqumli kasalliklar 
shifoxonasining maxsus bo’limiga yotqiziladi. Agar shifoxonada boks va 
yarimbokslar bo’lmasa kasallikning og’irligiga qarab boshqa bemorlardan ajratib 
qo’yiladi. Bundan tashqari uyida maktabgacha yoshdagi bolalar va shunday 
muassasalarda ishlovchilar yo’q bo’lsa, uyining o’zida ajratib qo’yish mumkin. 
Uyda qolgan bemorlarni har kuni tibbiy xodim kuzatib turishi kerak. 
- Agar davolash tugagandan 3
 
kun keyin burun-halqumdan shilliq olib, 
bakteriologik tekshiruv o’tkazilsa va u manfiy natija bersa bemor shifoxonadan 
chiqariladi. Nazofaringitli bemorlarni ham uyda davolanishga ruxsat berish 
mumkin. 
- Shifoxonadan chiqarilgandan 5 kundan keyin bakteriologik tekshiruv 
o’tkazilib, manfiy natija olinsa, rekonvalestsentlarni bolalar muassasalari, maktab, 
yotoqxonalarga qo’yish mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin