Axborot uchun ma’lumot
Quturish zoonoz tabiatli, o’ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi, o’tkir
virusli yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchining kontakt mexanizm orqali
yuqishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi va o’lim bilan xarakterlanadi.
Tarqalganligi:
Quturish Avstraliya, Okean va Antraktidadan tashqari barcha
kontinentlarda enzootik hisoblanadi. Ayrim Orol davlatlar (Buyuk Britaniya,
Malta, Yangi Zelandiya, Yaponiya) hududiga kiritilayotgan itlar, mushuklar va
boshqa hayvonlarga nisbatan qatiy kurashish tadbirlari tufayli quturishdan deyarli
xolidir. Shuningdek, quturish Shimoldagi (Norvegiya, Shvetsiya) va Evropaning
Janubidagi (Ispaniya, Portugaliya) qator mamlakatlarda uchramaydi.
Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish tarqalishi haqidagi ma’lumotlarning
taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda quturish hollarining o’rtacha yillik
ko’rsatkichi Evropa va Janubiy Amerikada yuqoriroq va eng past Afrikada
bo’lgani holda, odamlarning kasallanish ko’rsatkichi Osiyoda yuqoriroq va
Shimoliy Amerikada eng kamdir. Hayvonlar kasallanishini yetarlicha hisobga
olmaslikka asoslangan statistik kamchiliklardan tashqari, Osiyo va Afrikada itlar
hamda boshqa uy hayvonlari odamlar uchun asosiy qo’zg’atuvchi manba bo’lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: