O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Profilaktikasi. 
Infeksiya manbai, yuqish yo’llari ko’pligi xilma-xilligi sababli 
Ku-isitma profilaktikasi murakkab va qiyin muammolardan hisoblanadi. U boshqa 
zoonoz infeksiyalardagidek veterinariya va tibbiy xizmatlar tomonidan ikki 
yo’nalishda kompleks tarzda o’tkazilishi joiz. 
1. Inson uchun asosiy infeksiya manbai bo’lgan uy hayvonlari o’rtasida 
kasallanishni oldini olish. 
2. Ishchilar o’rtasida kasallanishning oldini olish. 
Qishloq xo’jaligi hayvonlarini kasallanishdan muhofazalash veterinariya-
sanitariya xizmati zimmasida bo’ladi. Hayvonlarni kanalardan himoyalash 
maqsadida har 7-10 kunlarda akaritsidlar bilan ishlov berish zarur. Mollar orasida 
kasallik qayd etilganida epizootik o’choqni chegaralash va yo’qotish uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi: 
1. Kasallangan hayvonlarni alohida joyga qo’yish (karantin). 
2. Hayvonlar ajratmalari, yo’ldosh, em-xashak qoldiqlarini zararlantirish 
(yoqish). 
3. Binoni 3-5%li fenol yoki kreolin, 10-12%li xlorli ohak, 10% o’yuvchi 
natriy eritmalarida dezinfeksiya qilish. 
4. Kasal mollarni go’sht uchun so’ydirmaslik. 
5. Sut va sut mahsulotlarini 10 minut qaynatilganidan keyin foydalanish
chunki pasterizatsiya koksiellalarning to’liq halok bo’lishini ta’minlay ololmaydi. 
6. Kasallangan hayvonlar juni, terisi, charmi tegishli veterinariya 
ma’lumotnomasi bilan 2 qavatli idishlarda transportirovka qilinadi va keyinchalik 
maxsus ishlov berilishi zarur. 
Odamlarni Ku-isitmadan muhofazalash quyidagi tadbirlarni ko’zda tutadi: 
1. Kasallangan hayvonlarni parvarishlash uchun kasallanib o’tganlar, 
emlanganlar yoki musbat reaksiya ko’rsatuvchi kishilar jalb etilishi zarur. 


2. Chorvachilikda tegishli yumushlar maxsus korjomalarda amalga oshirilishi 
va ular keyin zararsizlantirilishi darkor. 
3. Xavfli guruhga mansub shaxslar (epidemiologik ko’rsatma bo’yicha) 
emlanishlari zarur. Faol emlash uchun tirik M-44 vaksinasi teri ustiga qo’llaniladi. 
Revaksinatsiya manfiy reaksiyali kishilarga ikki
 
yildan keyin o’tkaziladi. 
Emlanganlarga emlashdan keyin 3 hafta o’tgach chorvachilikda va chorva 
mahsulotlariga ishlov berishda ishlash uchun ruxsat etiladi. Emlashga 14 yoshdan 
60 yoshgacha bo’lgan kishilar jalb etiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin