O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Axborot uchun ma’lumot 
Gelmintozlar parazitar kasalliklarning eng katta guruhini tashkil etadi. Ular 
o’zining biologiyasi bilan viruslar, bakteriyalar va sodda jonivorlardan farq qiladi. 
Aholi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitining yaxshilanishi, parazitar kasalliklarning oldini 
olishga qaratilgan chora-tadbirlarning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bu kasallikning 
keskin kamayishiga olib keldi. 
Sobiq Sovet Ittifoqida 1977-1987 yillar oralig’ida gelmintozlar 31,3%ga, Shu 
jumladan askaridozlar 51,4%ga, trixotsefalyoz 48,2%, geminolipidoz 8,2%ga 
kamaydi. O’zbekistonda 1965 yilgi ko’rsatgichlarga nisbatan askaridoz 5,3 marta, 
teniarinxoz 5 marta, geminolipidoz 2 marta, trixotsefalyoz 8 martaga kamaydi. 
Parazitar kasalliklarni kamaytirishda qo’lga kiritilgan yutuqlarga qaramay 1987 
yilda Sobiq Sovet Ittifoqida 4,5mln. parazitar kasalliklar bilan murojaat qilgan 
bemorlar aniqlandi. Bu ko’rsatkich Shu yildagi virusli va bakteriyali kasalliklar 
ko’rsatkichidan 1,5 marta ko’p edi. Gelmintozlar O’rta Osiyo, Qozog’iston va 
Zakavkazeda ko’p uchraydi, biroq O’zbekistonda enterobioz ko’p tarqalgan, bu 
barcha gelmintozlarning 60%ni tashkil qiladi. Enterobiozdan keyin geminolipidoz 
turadi (35%). 
Parazitar kasalliklar ustidan o’rnatilgan epidemiologik nazorat kasallik haqida 
axborot to’plash va xavfli omillar dinamikasini baholashni, yashash sharoitlarini, 
ma’lum hududdagi aholining kasallanishini o’rganishni, profilaktik va 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish va ularni asoslashni o’z ichiga oladi. 
Epidemiologik nazoratning asosiy maqsadi aholi o’rtasida parazitar 
kasalliklar vujudga kelishining oldini olishdan iborat. 
Epidemiologik nazorat parazitar kasalliklarda ham boshqa kasalliklardagi 
singari 3-ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat: 
a) kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash, 
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish, 
v) boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish. 
Axborot bilan ta’minlash, zarur axborotni to’plash, uni mutaxassislar orasida 
ratsional taqsimlash masalasini hal qiladi. Birlamchi axborot to’plash tuman 
DSENMda amalga oshiriladi. 
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish (retrospektiv va operativ epidemiologik 
tahlil). 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin