to’qimalarida jadal ko’payadi. Qo’zg’atuvchi kanalardan axlat, so’lak bilan
ajraladi.
Qushlarning 72 turida qo’zg’atuvchi aniqlangan. Qushlar zararlangan
hayvonlar va kanalarning ajratmalarini, ozuqa qoldiqlarini iste’mol qilishganida
ham aerogen yo’llar bilan kasallikni o’zlariga yuqtirishadi. Qo’zg’atuvchi qushlar
organizmidan axlat orqali ajraladi. Ku-isitmaning tabiiy o’choqlari infeksiyaning
birlamchi o’choqlari hisoblanadi. Tabiiy o’choqlarda inson
zararlanishi tasodifiy
bo’lib, katta ahamiyat kasb etmaydi.
Inson uchun asosiy epidemiologik xavfni ikkilamchi, ya’ni antropurgik
o’choqlar tug’diradi. Antropurgik o’choqlar uy hayvonlarining tabiatdagi infeksiya
manbalari bilan muloqoti natijasida shakllanadi. Ikkilamchi o’choqlar birlamchi
o’choqlarga nisbatan keng tarqalgan.
Uy hayvonlaridan
sigirlar, qo’y-echkilar, otlar, eshak, tuya, cho’chqa, itlar va
boshqa hayvonlar infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Bulardan sigirlar, qo’ylar va
echkilarning epidemiologik ahamiyati kattadir. Uy hayvonlarida ham infeksiya
asosan latent holda kechadi, lekin o’tkir yoki surunkali kechuvchi turli simptomlar
kuzatilishi ham mumkin. Surunkali infeksiya ularda 2 yilgacha cho’ziladi.
Hayvonlar qo’zg’atuvchini tashqi muhitga axlat, siydik, sut, yo’ldosh va homila
oldi suyuqligi bilan ajratishadi. Kasallangan hayvonlardan sog’lom hayvonlar,
qushlar zararlanishadi.
Inson Ku-isitma qo’zg’atuvchisini barcha ma’lum yo’llar bilan -ingalyatsion,
muloqot, alimentar, transmissiv - yuqtirishlari mumkin. Aynan yuqish yo’llari
xilma-xilligi koksiellezning epidemiologik o’ziga xosligini belgilovchi jihatlardan
biridir. Yuqish omili bo’lib infeksiya tushgan sut, go’sht, teri, jun, tivit, paxta, suv,
havo, em-xashak xizmat qiladi.
Ingalyatsion (aerogen) yuqish yo’li asosiy yo’l bo’lib, kasal hayvonlarni
parvarishlash, qo’zg’atuvchi tushgan
mahsulotlar - teri, charm, jun, tivit, paxtaga
ishlov berish jarayonlarida kuzatiladi. Bernet koksiellasi tashqi muhitga
chidamliligi, bu mahsulotlar orqali infeksiyaning manbadan juda uzoq masofalarga
tarqalishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, aerogen yo’l bilan yuqish ushbu kasallik
qo’zg’atuvchilarini tadqiq etilayotgan laboratoriyalarda kuzatiladi.
Infeksiyaning alimentar yo’li bilan yuqishi kasal hayvon ajratmalari bilan
ifloslangan qo’l orqali, zararsizlantirilmagan sut va sut mahsulotlarini iste’mol
qilish natijasida sodir etiladi. Kasallangan sigirlarda sut orqali qo’zg’atuvchi
ajralishi 17 kundan 60 kungacha, surunkali jarayonda esa 2 yilgacha davom etadi.
Qo’y-echkilarda esa butun laktatsiya davrida kuzatiladi. Kasallangan
hayvonlar
ajratmalari bilan ifloslangan suv havzalari suvidan iste’mol qilish yoki
cho’milishda kasallik yuqishi mumkinligi tajribalarda isbotlangan. Oshqozondagi
kislotali muhitga qo’zg’atuvchi chidamli.
Infeksiyaning muloqot mexanizmi bilan yuqishi kasallangan mollar
boqilayotgan fermalar, qushxonalar va go’sht kombinatlarida kuzatiladi.
Koksiellalar yuqori invazivlik xususiyati tufayli teri va shilliq qavatlar orqali
organizmga tusha oladilar. Kasallangan hayvonni tug’dirishda qatnashish ayniqsa
xavfli, chunki yo’ldosh va homila oldi suyuqligida qo’zg’atuvchi katta miqdorda
bo’ladi.
Tabiiy o’choqlarda kasallik epizootologiyasida muhim ahamiyatga ega
bo’lgan transmissiv mexanizm odamlar o’rtasida kamdan-kam kuzatiladi. Bu holda
yuqtirish omili kanalar bo’ladi.
Ku-isitma bilan kasallangan kishilar ham infeksiya manbai bo’lib xizmat
qilishlari mumkin.
Bemor kishidan boshqalarga infeksiya turli ajratmalar orqali beriladi.
Qo’zg’atuvchi bemorlar balg’ami, siydigi, nafas yo’llari surtma-si, hatto ko’krak
sutida aniqlangan. Kasallik shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishi hamda
murdalarni yorish jarayonida yuqishi mumkinligi kuzatilgan.
Kasallik epidemik yoki sporadik tusda ko’pincha qishloq aholisi orasida
kuzatiladi. Bu hol qishloq aholisining chorva va uning mahsulotlari bilan ko’proq
muloqotda bo’lishlari bilan izohlanadi hamda kasallanishning "qishloq xo’jalik
tipini" tashkil etadi. Qishloqlarda kattalar bilan birga bolalar ham kasallanishlari
mumkin. Bu joyda bahorgi-kuzgi mavsumiylik kuzatiladi.
Shu bilan birga kasallanishning "ishlab chiqarish tipi" ham mavjud bo’lib,
unda qushxona, go’sht kombinatlari, jun, teri paxtaga ishlov beruvchi korxonalar
xodimlari kasallanishadi. Bu holda yaqqol mavsumiylik yo’q. Asosan
kattalar
kasallanishadi.
Dostları ilə paylaş: