O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli.
Bu usul dezinfeksiya uchun har xil 
kimyoviy moddalarni qo’llashdan iborat. Turli xil dezinfeksiyalovchi moddalarni 
mikroblarga har xil yo’l bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Dezinfeksiya uchun 
ishlatiladigan eng muhim kimyoviy vositalar: kislotalar, ishqorlar, sovunlar, fenol 
va uning unumlari, krezollar va uning unumlari, lizol, naftalizol, og’ir metallar va 
ularning turlari (simob II xlorid-sulema), xlor va xlor saqlovchi preparatlar, quruq 
xlorli ohak, xloraminlar va boshqalar. 
Kimyoviy dezinfeksiyalovchi moddalarni qo’llash uchun zarur bo’lgan 
sharoitlar: 
1. Kimyoviy dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan vositalarni asosan suvda 
eritilgan yoki emulsiyalar, aralashmalar holda qo’llash lozim. 
2. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan moddalarning zarur konsentratsiyalariga 
rioya qilish. 
3. Dezinfeksiya qilinadigan vositalar va zararsizlantiriladigan buyumlar 
orasida yetarlicha muloqot vaqt bo’lishini taminlash. 
4. Dezinfeksiya qiladigan moddalarning ta’sir qilish muddatlariga rioya qilish 
(ekspozitsiya). 
Dezinfeksiyaning kimyoviy usulini qo’llashninig eng muhim sharti 
dezinfeksiya qiladigan vosita bilan patogen mikroblar o’rtasidagi zarur muloqotni 
ta’minlash hisoblanadi. 


Shu maqsadda har qanday dezinfeksiya usulida (sepish, bo’ktirish va 
boshqalar) dezinfeksiya qiladigan suyuqliklar yoki gazsimon moddalarni yetarlicha 
miqdorda sarflash zarur. 
Dezinfeksiyaning biologik usuli.
Infeksiya qo’zg’atuvchilarini biologik 
vositalar bilan yo’qotishning o’ziga xos vazifasi bor. Bunday usul o’choqli 
dezinfeksiyada ishlatilmaydi. 
Biologik usulga suvlarni tuproq va shag’al-toshlar orqali sizdirilib, 
o’tkazilishi natijasida tozalash yoki go’ng va chiqindilarni yerga ko’mib tuproqda 
chiritish natijasida mikroblarni o’ldirish kabilar misol bo’ladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin