O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vodorod peroksidi (pergidrol)



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Vodorod peroksidi (pergidrol)
- rangsiz, hidsiz, 30-33% suvli eritma, undan 
3%, 6% li eritmalar tayyorlanadi. Bunday eritmalar odamlar va hayvonlar uchun 
zararsizdir. Vodorod peroksidi uy sharoitida yopiq idishda 1 oy mobaynida 
saqlansa, pergidrolni 0,5 - 0,7% ga yo’qotadi. Uning 1-3% li eritmasi bakteritsid, 
3-6% li eritmasi esa sporotsid ta’sirga ega. Vodorod peroksidi ko’pincha yuvuvchi 
vositalar ("Sulfanol", "Profess", "Lotos", "Astra", "Ayna") tarkibida qo’llaniladi. 


Vodorod peroksidini 1-6% li yuvuvchi vosita "Sulfanol", "Progress" eritmasi - 
tiniq, sariqroq ishlov beriladigan predmetlarni buzmaydigan, metallarni 
zanglantirmaydigai eritmadir. Vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan birga 
qo’llanishi uning dezinfeksiyalash ta’sirini kuchaytiradi. Vodorod peroksidi va 
yuvuvchi vositalar quyidagi hollarda ishlatiladi: 
a) yuqumli kasalliklar shifoxonasi va bo’limlarda joriy va yakunlovchi 
dezinfeksiya qilish uchun; 
b) tug’ruqxonalar profilaktik zararsizlantirish maqsadida yopilganda (yiliga 
kamida ikki marta) ularni yangidan ochish uchun dezinfeksiya qilish; 
v) bolalar muassasalarida profilaktik va yakunlovchi dezinfeksiya qilish 
uchun; 
g) tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqaradigan zavodlarda dezinfeksiya va 
sterilizatsiya qilish uchun. 
Yuqorida ko’rsatilgan hollarda vodorod peroksidning yuvuvchi vositalar bilan 
aralashmasi quyidagi ob’ektlarni dezinseksiya qilishda qo’llaniladi. 
a) xonalar yuza sathini yuvish va zararsizlantirish (pol, devor, shift) uchun; 
b) kiyim-kechaklarni va choyshablarni ivitib qo’yish va yuvish yo’li bilan 
zararsizlantirish; 
v) idish-tovoqlarni zararsizlantirish uchun. 
Tarkibida 0,5% li N
2
O
2
va 0,5% li sintetik yuvish vositasi "Lotos" saqlagan 
aralashmalar asboblarni sterilizatsiya qilishdan oldin yuvish uchun qo’llaniladi. 
Polimer material, rezina, oyna, zanglamaydigan metallarni kimyoviy dezinfeksiya 
qilishda 6% li vodorod peroksid qo’llaniladi. 
Dezakson-1 - o’ziga xos uksus hidli, rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 8 - 5% 
li naduksus kislotasi tutadi, suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. 
Dezakson eritma holida aktivligini tez yo’qotish sababli suvli eritmasi 
tayyorlanishi bilanoq ishlatiladi. Bakteritsid, virusotsid va sporotsid xossaga ega. 
Profilaktik va o’choqli dezinfeksiya uchun hamda plastmassali, zanglamaydigan 
metallarni sterilizatsiya qilish uchun tavsiya etiladi. Shisha va polietilen idishda 
30° dan yuqori bo’lmagan haroratda 6 oygacha saqlanadi. 
Gibitan 
- rangsiz 20 % suvli eritma, suv bilan yaxshi aralashadi, qisman 
zaharli, uzoq saqlanadi. Davolash muassasalarida bakteriyalar chaqirgan infeksiya 
hollarida joriy va yakunlovchi dezinfeksiya uchun, 0,01 dan 0,5 gacha bo’lgan 
eritmalari jarrohlik asboblari, jarroh qo’llarini zararsizlantirish uchun qo’llaniladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin