O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Burgalar. 
Burga rivojlanishi 4 bosqich: tuxum, qurtcha (lichinka), g’umbak 
va etilgan burga (imago)dan iborat. 
Ayrim olingan bosqichlarning davomiyligi tuxum, qurtcha va g’umbaklar 
rivojlanayotgan iqlim-sharoitlarga bog’liqdir. Odatda issiq sharoit rivojlanish va 
bosqichlarni tezlashtirib, sovuq sharoit sekinlatadi. Burgalarning rivojiga havo 
harorati 20-25
0
S ga va nisbiy namlik 80-70% ga teng bo’lganda eng qulay sharoit 
hisoblanadi. 
Burgalar infeksiyalarni kemiruvchilardan kemiruvchilarga, kemiruvchilardan 
hayvonlarga va odamlarga tarqatadilar. O’zlari kasallangan kemiruvchi qonini 
so’rganda zararlanadilar. O’lat mikroblari burga qizilo’ngachining me’da oldi 
qismida so’rilgan qon tarkibida ko’payadi, so’ngra ular bir-biriga yopishib 
tugunsimon, keyin esa yaxlit yopishqoq zichlikka aylanib butun oshqozonga 
tiqinlanib qoladi. Hosil bo’lgan o’lat tiqini burgani ichak yo’lini to’liq berkitib 
qo’yadi. Bu burga qaytadan qon so’rish paytida so’rish natijasida paydo bo’lgan 
kichik jarohatga kekirish tufayli o’lat bakteriyasi o’tadi va Shu tarzda kemiruvchi 
yoki odamga infeksiya yuqadi. 


Agar zikr etilgan o’lat tiqini bo’lmasa burgalar xavf tug’dirmaydi. O’lat tiqini 
hosil qilishi, ya’ni o’latni yuqtirishda burgalarning barcha tur va oilalari 
vakillarining imkoniyatlari bir xil emas. 
Burga oilasi vakillari ko’rsichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilarda 
parazitlik qilib o’lat infeksiyasini tarqatishda o’ta faollik ko’rsatadi. Tabiiy 
o’choqlarda o’lat mikroblari uni tarqatuvchilari va manbalari o’rtasida ma’lum 
o’zaro bog’liqlik munosabati vujudga keladi. 
O’lat mikrobi kemiruvchi-manba (tashuvchi) hisobiga tabiatda saqlanib 
turadi. Tarqatuvchi (yuqtiruvchi) uchun ham kemiruvchi tanho manba hisoblanadi. 
O’lat enzootiyasi tabiiy o’choqlarda doim harakatda bo’lgan kemiruvchilar orasida 
uzluksiz kechadigan epizootiyalar tufayli mavjuddir. Epidemiyalar davrida 
qo’zg’atuvchilar burgalar organizmida ham jon saqlashi mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin