O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
 


Quturish 
O’tkir virusli infeksiya bo’lib, tabiiy antropurgik zoonoz kasallik hisoblanadi. 
Tabiatda ushbu kasallik virusini asosiy asrovchilar itsimonlar oilasiga mansub 
yovvoyi yirtqich (bo’ri, tulki va boshqa) hayvonlar hisoblanadi (17-jadval). 
17-jadval. 
Umurtqalilarning quturish virusiga beriluvchanligi (JSST 
ma’lumotlariga ko’ra) 
Umurtqalilar turi darajasi 
O’ta yuqori 
Yuqori 
O’rta 
Tulki 
Bo’ri 
Chiyabo’ri
Ariqsichqoni 
(latcha)
Dalasichqon 
Uy mushugi 
Quyon 
Ko’rshapalak 
ko’rshapalaklarning ba’zi 
turlari 
Qo’ng’ir silovsin 
Odam 
It 
Qo’y 
Echki 
Ot 
Qoramol, olmaxon 
Insonga asosan uy hayvonlari (it, muShuk) tishlaganda yoki yalaganda virusli 
so’lakning teriga yoki shilliq pardada paydo bo’lgan jarohatga tushishi orqali 
yuqadi. Kasallik markaziy asab sohasini zararlab, bemorni o’limga olib keladi. 
Ushbu kasallik zooantroponoz bo’lganligi tufayli quturish bilan kurashish choralari 
tibbiyot va veterinariya xodimlari hamkorligida amalga oshiriladi. 
Veterinariya-sanitariya choralari bir tomondan it boqishning ma’lum qonun-
qoidalariga (ro’yxatga qo’yish, ko’chaga, sayrga tumShug’bog’da qo’yish), 
ikkinchi tomondan daydi, egasiz it muShuklarni qirg’in qilishga taqaladi. Quturish 
belgisi paydo bo’lgan hayvonlar darhol veterinariya muassasalariga olib kelinib, 
ular ustidan 10 kun davomida nazorat o’rnatiladi. 
Quturish diagnozi qo’yilgan holda o’choqda namli dezinfeksiya o’tkaziladi. 
Quturish kasalligi bo’yicha noqulay tuman va hududlarda itlarni va boshqa xo’jalik 
hayvonlarini emlash lozim. 
Endi hayvonlar epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklarning 
ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin