O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
 


MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI
TARQATUVCHI BO’G’IMOYOQLILARNING EPIDEMIOLOGIK
AHAMIYATI. BO’G’IMOYOQLILARGA QARSHI KURASHDA 
DEZINSEKSIYANING MOHIYATI VA UNI TASHKIL QILISH. 
INSEKTITSIDLAR VA REPELLENTLAR, ULARNI QO’LLASH 
USULLARI
I. Maqsad: 
1.1. Epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kanalarning biologiya va 
ekologiyasini o’rganish. 
1.2. Epidemiologik ahamiyatga molik pashsha, chivin, so’nalarning biologiya 
va ekologiyasini o’rganish. 
1.3. Burga va bitlarning biologiya va ekologiyasini o’rganish. 
1.4. Kana, pashsha, chivin, so’na, burga va bit kabi bo’g’imoyoqlilarga qarshi 
kurashish yo’llarini o’rganish. 
1.5. Suvarak va qo’ng’ir chumolilar bilan kurash usullarini o’rganish. 
1.6. Dezinseksiyaning mohiyati va uni tashkil qilish hamda insektitsidlarni 
qo’llash usullarini o’rganish. 
2. Darsga ajratilgan vaqt - 4 soat. 
3. Darsning rejasi: 
3.1. Kirish so’zi va talabalarning boshlang’ich bilim darajasini tekshirish. 
3.2. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar morfologiyasini 
o’rganish. 
3.3. Bo’g’imoyoqlilarni yig’ish usullarini o’rganish. 
3.4. Mexanik, fizik, biologik, kimyoviy usullarining bo’g’imoyoqlilarni 
qirg’in qilishdagi ahamiyatini o’rganish. 
3.5. Kontakt insektitsidlar guruhining umumiy tavsifini o’rganish. 
a) DCT - dixlordifeniltrixlormetilmetan moddasining xususiyatlari va 
qo’llanish usullari. 
b) Geksaxlorsiklogeksan (GXCG, geksoxloran). 
3.6. Fosfororganik insektitsidlarni o’rganish: 
a) xlorofos 
b) dixlofos 
v) karbofos 
g) metilacetofos 
d) metafos
v) trixlofos 
3.7. Bo’g’imoyoqlilarga nafas olish organlari orqali ta’sir qiluvchi 
insektitsidlarni o’rganish. 
a) piretrum kukuni 
b) fumigantlar (oltingugurt angidridi, xlorpikrin, metilbromid, cian 
birikmalar). 
3.8. Ichak orqali ta’sir qiluvchi insektitsidlarni o’rganish (S natriy ftorid, 
tanakan, borat kislota). 
3.9. Repellentlarni o’rganish (dietiltoluolamid, benzimin, dimetilftalat). 


3.10. Har xil sharoitlarda dezinfeksiya o’tkazilishini o’rganish. Tarqatuvchi - 
bo’g’imoyoqlilarning (kana va boshqa hashorat) ekologiya va biologiyasini 
hisobga olgan holda aholi turar joylarida, insonning o’zini va kiyimlarini 
dezinfeksiya qilish usullarini o’rganish. 
4. Mavzuga oid savollar. 
4.1. Bo’g’imoyoqlilar - yuqumli kasalliklar tarqatuvchisi. 
4.2. Argaz va iksod kanalarning xususiyatlari. 
4.3. Burgalarning ekologiyasi va biologiyasi. 
4.4. Bo’g’imoyoqlilar bilan kurash usullari. 
4.5. Dezinseksiya moddalari, ta’sir mexanizmlari. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talaba bilishi lozim bo’lgan savollar: 
5.1. Parazit va xo’jayin oralaridagi o’zaro munosabat, epidemik o’choqlarning 
paydo bo’lish shart-sharoitlari, epidemik jarayonning mohiyati. 
5.2. Epidemiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligi. 
5.3. Dezinseksiya usullari. 
5.4. Dezinseksion vositalarning xususiyatlari va ularni qo’llash usullari. 
5.5. Dezinseksiyaning texnik vositalari.
6. Amaliy ko’nikmalar. 
6.1. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar bilan kurash 
choralarini ekologik jihatdan asoslash. 
6.2. Dezinseksiya o’tkazishda ishlatiladigan moddalar va texnik vositalar. 
6.3. O’tkazilgan dezinseksiyaning sifatini (samaradorligini) baholash. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin