yuqishi mumkin. Bu holat, ya’ni ushbu mexanizm asosan kemiruvchilarni
(yumronqoziq, sug’urlar)
ov qiluvchilar, ularning terilarini qayta ishlovchilar,
kosiblar yoki qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari sifatida qirg’in qilish
paytlarida yuzaga keladi.
O’lat bilan kasallangan tuya so’yilganda, terisi shilinganda, go’shti
nimtalanganda ham bevosita muloqot yo’li bilan odamlarga o’tishi mumkin. Bunda
ifloslangan qo’l orqali infeksiya konyuktivaga, og’iz va burun
shilliq pardasiga
kirishi sodir bo’ladi. Shunday qilib, teri (bubon) o’lati yuqishining asosiy
mexanizmi - zararlangan burganing chaqishi hisoblanadi.
O’latning profilaktikasida asosan tabiiy o’choqlarda odamlarga infeksiyaning
yuqishiga yo’l qo’ymaslik hamda chet mamlakatlardan infeksiyani olib
kelinmasligiga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: