O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Salmonellyozlar 
antropurgik o’choqli infeksiya bo’lib, shartli patogen 
salmonellalar qo’zg’atuvchi qator o’tkir ichak yuqumli kasalligidir. 
Salmonellyozlar ichak faoliyatining buzilishi, umumiy intoksikatsiya, isitma va 
bakteriemiya bilan kechadigan yakka, guruhiy hamda epidemiya holda 
uchraydigan kasallikdir. 
Infeksiya manbai bo’lib, turli hayvonlar, bemor odam va sog’lom bakteriya 
tashuvchilar hisoblanadi. Hayvonlar o’rtasida qoramollar, so’ngra cho’chqalar, 
mayda shoxli hayvonlar, otlar, parrandalar ayniqsa suv parrandasi (o’rdak, g’oz, 
dengiz qushi) katta ahamiyatga ega, tustovuq, tovuqlar va kemiruvchilar ham rol 
o’ynaydi. 
Ayniqsa inson tomonidan go’shti va boshqa mahsulotlari iste’mol qilinadigan 
hayvonlar katta xavf tug’diradi. Hayvonlar o’rtasida salmonellalarni sog’lom 
tashuvchilik ko’proq uchraydi. Tekshiruv o’tkazilgan hayvonlarda (cho’chqalarda 


24%, muShuklarda va ayniqsa itlarda 37% va hatto 70% gacha) sog’lom 
tashuvchilik qayd qilingan. Salmonellalar asosan ovqatlanish yo’li bilan go’sht va 
go’sht mahsulotlari, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum orqali yuqadi. 
Salmonellyozlarda profilaktika choralari quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi: 
1. So’yiladigan mollar ustidan veterinariya-sanitariya nazorati o’rnatish. 
2. Mollarni so’yish, go’sht va boshqa mahsulotlarni saqlash va tashish 
jarayonida ozodalik qoidalariga rioya qilish. 
3. Ayniqsa tez buzuluvchan mahsulotlar va tayyor taomlarni tarqatishda 
pazandalik qoidalariga rioya qilish. 
4. Ovqatlanish sohasi, bolalar muassasalari xodimlari tomonidan hamda 
ro’zg’orda ozodalik qoidalariga rioya qilinishi kerak. 
Zoonozlar guruhiga ornitozlar ham kiradi. 
ORNITOZLAR 
bu virusli 
infeksiyalar bo’lib, yakka, guruhiy hamda epidemiya shaklida, ko’proq qushlar 
bilan muloqotda bo’ladigan odamlar o’rtasida uchraydigan isitma va zotiljam 
ko’rinishida o’tadigan kasallikdir. 
Infeksiya manbai bo’lib har xil qushlar xizmat qiladi. Ornitozning odamga 
yuqishi sinantrop (uy) parrandalari va qafasda saqlanadigan parrandalar bilan 
muloqotda sodir bo’ladi (tovuq, o’rdak, kaptar, to’ti, kanareyka). 
Insonga ornitoz qushlardan turli yo’llar bilan infeksiya qo’zg’atuvchisining 
og’izga, konyuktivaga tushishi natijasida, qushning tuxumini pishirmasdan 
iste’mol qilganda, qushlar yumdalaganda yoki ifloslangan havodan nafas olgan 
hollarda yuqishi mumkin. 
Ornitozning profilaktikasi - veterinariya-sanitariya va tibbiyot-sanitariyasi 
tadbirlarning majmuasini amalga oshirishga asoslanadi. 
Muddati 6 oydan kam bo’lmagan karantin o’rnatiladi. Karantin mobaynida 
har xil vaqtda keltirilgan qushlar alohida saqlanishi kerak. 
Parrandachilik va qushlar parvarish qilinadigan xo’jaliklar va binolarda uy va 
yovvoyi qushlarning muloqoti cheklanmog’i lozim. 
Chorvachilikning rivojlanishi, cho’llarning o’zlashtirilishining kengayishi 
epidemik nazoratni kuchaytirish, zoonozlarni odamlarga yuqishining oldini 
oladigan choralarning samaradorligini oshirish, chorvachilik xo’jaliklarida 
epizootik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo 
etadi. Bularning barchasi epidemiologik nazoratni qo’llash bilan bajariladi. 
Epidemiologik nazorat zoonozlarda kasalliklarning dinamikasi, 
qo’zg’atuvchining biologiyasi, etiologiyasi, geografiyasini, hayvon-xo’jayin 
sifatida kasallik manbaini tarqatuvchi hashoratlarni hamda hayvonlar va odamlar 
orasida tarqalgan infeksiyaning hududlarini aniqlash kabi epidemik jarayonning 
qismlarini o’z ichiga qamrab olgan holda o’tkazilishi lozim. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin