O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar 
O’latning tabiiy o’choqlari mavjud ekan, ushbu hududlarga kelib-ketib 
turuvchi odamlarga yuqish xavfi yo’qolmaydi. 
O’latning profilaktikasi infeksiyaning tabiiy o’choqlardan chiqishiga qarshi 
chora-tadbirlar ko’rish va ushbu hududni muntazam nazorat qilishdan iborat 
bo’lmog’i kerak. 
Shu bilan birga epizootiya o’choqlari ustidan nazorat ham o’lat 
profilaktikasida alohida o’rin tutadi. Bu ish faqat o’latga qarshi muassasalar 
ishigina bo’lib qolmay, sog’liqni saqlash sohasining barcha xodimlari bilan amalga 
oshiriladi. Birinchi kasallanish va epizootiyalarni o’z vaqtida aniqlash, nazorat 
qilish bilan bajariladi. Bunda amalga oshiriladigan profilaktik chora va 
tadbirlarning tavsifi, hajmi, infeksiya manbai sinantrop yoki yovvoyi kemiruvchi 
ekanligiga bog’liqdir. Ayrim joylarda o’lat bilan og’rigan tuyalar ham bo’lishi 
ehtimolini e’tibordan chiqarmaslik kerak. Bu hollarda o’tkir infeksiya (o’lat) bilan 
kasallangan va qirg’inga uchrayotgan tuyalar ustidan qattiq veterinariya nazorati 
o’rnatilishi kerak. 
O’lat profilaktikasining muhim choralaridan biri hisoblangan kemiruvchilarni 
qirg’in qilinishi ular zich yashashi orqali paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’lat 
epizootiyasining oldini olish, paydo bo’lgan epizootiyani to’xtatish yo’li bilan 
odamlarni yuqishdan himoya qilish hamda ayrim olingan joylarda tabiiy 
o’choqlarni butunlay yo’qotish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Tabiiy o’choqlarda ish olib borayotgan xodim emlangan bo’lishi hamda 
maxsus himoya libos (o’latga qarshi libos) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Respublikamizning o’latga qarshi muassasalarining ko’p yillik tajribasi Shuni 
ko’rsatdiki, kemiruvchilar orasida epizootiyalar shiddat bilan ketayotgan paytda 
ham odamlarni o’lat yuqishidan saqlash mumkin. 
 
 
 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin