harakatlantiriladi. Bu suyuq
likdan №1 eritmaga 1 tomchi tomiziladi. Natija musbat
bo’lsa ko’k ranga bo’yaladi.
Bug’ bilan sterilizatsiya qilish usuli: To’yingan suv bug’i bosim ostida
qo’llanilganda barcha turdagi mikroblarni yo’qotishda yaxshi natija beradi. Bug’
bilan sterilizatsiya uslubi bug’ sterilizatorlarida amalga oshiriladi. Bug’ bilan
sterilizatsiyalash kasalxonalar va poliklinikalarning turli bo’limlarida,
mikrobiologiya laboratoriyalarida, farmasevtika va boshqa muassasalarda
qo’llaniladi.
Bug’li sterilizatsiyaga yara yuzasiga teguvchi, qon va uning preparatlariga
hamda shilliq qavatga tegib, uni jarohatlantirish holati bo’lgan asbob-uskunalar
beriladi. Bug’li sterilizatorlar tuzilishi, hajmi, ishlash bosimi va boshqa
ko’rsatkichlariga qarab farqlanadi, sterilizatorlar turi: yumaloq, to’g’ri, burchakli.
Bug’li sterilizator ishining nazorati. Elektr yordamida isitiladigan tik holdaga
bug’li sterilizatorlar quyidagilardan iborat: sterilizatsiya kamerasi, vodoprovod
kamerasi va himoya qiluvchi g’ilof. Ish tartibi: bug’ bosimida (atmosfera
bosimidan yuqori) (1 kg/sm
2
) va harorati 120°S 45 daqiqa ushlanadi, bosimi
(2kg/sm
3
) va harorati 132 °S bo’lganda 20 daqiqa ushlanadi.
Bug’li sterilizatsiya sifatini bakteriologik sinovdan o’tkazishda tarkibida
120°S haroratli bug’ ta’siriga 3-5 daqiqa davomida chidash bera oladigan sporali
saprofitlari bor bo’lgan bog’ tuprog’i sinamasi qo’llaniladi. Nazorat paytida bironta
sinamada sporalar o’sishi kuzatilsa, sinama qaytariladi. Maboda yana o’shanday
natija olinsa, sterilizatorning sifatsiz ishlash sabablari aniqlanib tuzatilguncha
to’xtatib qo’yiladi. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlarida bug’li sterilizatorlar
ishi yil mobaynida kamida 2 marta tekshiriladi. Sterilizatorlarning umumiy sonidan
tanlab 30% tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bug’li sterilizatsiyani sifatini termik nazorat yordamida ham o’tkazish
mumkin. Bu usul ayrim moddalarni turli haroratlarda rangini o’zgarishi yoki erish
xususiyatlariga asoslangan. Bu usullardan biri Mikulich usulidir. Eng samarador
usullardan bo’lgan bu usul kukunsimon moddalar bilan o’tkaziladi. Bu moddalar
turli haroratlar ta’sirida erish xususiyatiga egadir. Kukunsimon moddalarni kichik
shisha probirkalarga solinib berkitiladi va sterillanayotgan biksni ichiga solinadi.
Asosan quyidagi moddalardan foydalaniladi: oltingugurt (erish harorati 111-
120°S), antipirin (113°S), rezorsin (110-119°S), benzoy kislotasi (121°S), naftol
(120-122°S), fenasetin (134-135°S).
Dostları ilə paylaş: