to’liq dezinseksiya samarasining ta’minlanishi, pashshalarga qarshi kurashishda
esa lichinkalarning bo’lmasligi va qanot chiqargan pashshalar sonini eng kam
miqdorigacha kamaytirish.
Deratizatsiya bo’yicha sifat ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
kemiruvchilardan tozalangan maydonlarning ko’payishi, ishlov berilayotgan
maydondagi kemiruvchilar sonini kamaytirishdir.
Sterilizatsiya fizik va ximik usullar yordamida barcha mikroorganizmlar va
ularning sporalarini yo’qotishdir. Kasalxona ichida tarqaluvchi infeksiyalarning
oldini olishda ham sterilizatsiya muhim ahamiyatga ega. Shuningdek sterilizatsiya
bir qator yuqumli kasalliklarning oldini olishda, ayniqsa qon orqali o’tadigan
kasalliklarga (gepatit V, S, bezgak, OITS) qarshi kurashishda katta ahamiyatga
ega. Sterilizatsiya qaynatish, bug’li, havoli, kimyoviy aralashmali preparatlar,
gazlar yordamida amalga oshiriladi. Usul tanlash ishlov beriluvchi ob’ektning
xususiyatiga, u yoki bu apparaturaning mavjudligiga, uning nima uchun
qo’llanishiga bog’liq ishlov bir necha bosqichdan iborat.
Yara yuzasi bilan, qon va infeksiya preparatlari bilan aloqada bo’lmagan
tibbiyot buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Yara yuzasi, qon va infeksiya
preparatlariga tegadigan tibbiy buyumlar oldin dezinfeksiya qilinib, keyin
sterilizatsiya qilinadi. Yiringli jarrohlik va yuqumli kasalliklar bemorlariga
qo’llaniladigan tibbiy ashyolar (masalan: V gepatitda) avval dezinfeksiya qilinadi,
keyin esa sterilizatsiya oldi ishlovi berilib, so’ngra sterilizatsiya qilinadi. Yuqorida
aytib o’tilganlar V va S gepatit kasalliklarini boshidan kechirganlar va ushbu
kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tashuvchilarga qo’llaniladigan ashyolarga ham
taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: