O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Bakteriofaglar. 
Bakteriofaglar 

"bakteriyalarni yemiruvchilar", 
bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir 
mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir 
qilishadi. 
Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida 
chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki 
bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi 
xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi. 
Emlash usullari
Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan 
yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun 
ichiga (intranazal), og’iz orqali. 
Teri ostiga dori yuborish. 
Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan 
vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. 
Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, 
chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan. 
Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin 
yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin. 
Teri orasiga yuborish. 
Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish 
bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi, 
diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi 
kasalliklarida). 
Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga) 
preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil 
bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi. 
Muskul orasiga yuborish. 
Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-
anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi 


tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga 
yuboriladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin