davomli immunitet hosil qilib ulguradi. Jonsizlantirilgan vaksinalarda esa buning
uchun organizmga ikki-uch marotaba yuborish kerak bo’ladi.
Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi:
chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma,
o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi.
Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va
tashilishi lozim.
Idishi singan yoki darz ketgan, vaksinasining ko’rinishi o’zgargan bo’lsa
(burishib qolgan, har xil rangda, nomlanmagan va boshq.), bunday vaksinalar
ishlatilmaydi (brakeraj) va zararsizlantirilib tashlab yuboriladi. Quritilgan
vaksinalarni eritish uchun steril izotonik natriy xlor suyuqligi yoki distillangan suv
ishlatiladi. O’tgan davrlarda tirik vaksinalar suyuq holda chiqarilar edi va o’z
aktivligini eng qulay sharoitlarda ham 3 haftadan ko’p saqlab qololmas edi. Bu hol
esa ularning tibbiyot amaliyotida keng qo’lanilishini chegaralab qo’yar edi.
Bunday kamchiliklarni bartaraf etish va immunogenlik xususiyatlarini uzoq
muddatlargacha
saqlab qola olishi uchun, tirik vaksinalar shtammlari zararsiz
bo’lgan qo’shimcha moddalar (saxaroza, jelatin va boshq..) qo’shilib muzlatilgan
holda chuqur vakuum ostida quritilib, shisha idishlarda vakuum sharoitida
yopilgan holda chiqariladi. Odatda har bir vaksinaning yonida kerakli miqdorda
eritish uchun idishchada suyuqlik bo’ladi. Eritilgan vaksina 4
soat mobaynida
ishlatilishi kerak. Ishlatilmay qolgan vaksina zararsizlantirilib, tashlab yuboriladi.
Shuni esda tutish kerakki, tirik vaksinalar bilan emlashdan 2 kun oldin va
emlangandan keyin 7-10 kun mobaynida antibiotik va sulfanilamid dorilar qabul
qilmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: