O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Anatoksinlar.
Anatoksinlar - formalin yordamida patogen mikroorganizmlar 
toksinlarini zararsizlantirib olinadi, qayta ishlov berish natijasida ballast 
(qo’shimcha) moddalardan tozalanadi, bunda toksigenlik xususiyatlari yo’qotiladi, 
lekin uning antigenlik va immunogenlik xususiyatlari saqlab qolinadi. 
Anatoksinlar toksikoinfeksiya kasalliklari - difteriya, qoqshol, botulizm kabi 
kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uchun ishlatiladi. Organizmga yuborilgan 
anatoksinlar organizmda maxsus antitoksik antitelolarning aktiv ravishda hosil 
bo’lishiga sabab bo’ladi. Anatoksinlarning immunitet hosil qiluvchi ta’sirini 
oshirish va yuborilgan joyda antigenlar "deposini" hosil qilish uchun alyuminiy 
gidroksidiga shimdiriladi, buning natijasida anatoksinlarning asta-sekin so’rilishi 
va organizmda mustahkam, uzoq muddatli antitoksik immunitet hosil bo’lishi 
kuzatiladi. 
Tozalangan anatoksinlar shisha idishchalarda rangsiz, tiniq va oq rangli 
cho’kmalari bor suyuqlik holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin bu shisha 
idishchalar to antigenlar shimdirilgan alyuminiy gidroksidi tekis tarqalgunga qadar 
silkitiladi. Anatoksinlar quruq, qorong’u joyda yoki muzlatgichda 2°-10°S daraja 
haroratda saqlanishi kerak. Muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Tibbiyot amaliyotida anatoksinlarning quyidagi turlari ishlatiladi: 
shimdirilgan (adsorbsiyalangan) difteriyaga qarshi anatoksin (AD); 
adsorbsiyalangan stafilokokka qarshi anatoksin; qoqsholga qarshi anatoksin (AS); 
ko’p hollarda tarkibiga difteriyaga va qoqsholga qarshi anatoksinlar kiruvchi 
assotsiatsiyalangan anatoksinlar ishlatiladi. Masalan: adsorbsiyalangan ko’kyo’tal-
difteriya-qoqsholga qarshi vaksina (AKDS) va adsorbsiyalangan difteriya-
qoqsholga qarshi anatoksin (ADS). 
Immun zardoblar
. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi shoshilinch emlash 
va ba’zilarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday zardoblar asosan maxsus 
emlangan hayvonlarning (otlar) qon zardobidan (geterogen zardoblar) ishlov berish 
yo’li bilan va ma’lum kasalliklar bilan og’rib tuzalgan kishilar (donorlar) qonidan 
(gomologik zardoblar) tayyorlanadi. 
Immun zardoblar tarkibida patogen mikroorganizmlarni o’ldiruvchi va 
ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi antitelolar mavjud. Passiv immunitet 
immun zardoblarni vena tomiriga yuborilganda darhol hosil bo’ladi, muskul 
orasiga va teri ostiga yuborilganda esa 12-24 soatdan keyin hosil bo’ladi. 
Geterogen zardoblarni qo’llashda ehtiyotkor bo’lish lozim. Avvalo organizm 
sezuvchanligi aniqlanib keyin organizmga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, 
chunki sezuvchan organizmga Shunday zardobni qayta yuborganda keskin 


umumiy reaksiyalar (zardob kasalligi, anafilaksiya, shok holati) bo’lishi mumkin. 
Organizm sezuvchanligini tekshirish uchun teri orasiga dori yuborib ko’riladi. 
Sezuvchanligi baland bo’lgan kishilarga faqat davolovchi vrach ishtirokida, 
maxsus sxema bo’yicha, davolash maqsadida yuboriladi. 
Odamlar qonidan tayyorlangan immun zardoblar (gamma-globulinlar) noxush 
holatlarni keltirib chiqarmaydi va organizmdagi immunitet 3-4 hafta davom etishi 
mumkin. Kichik shisha idishlarda rangsiz yoki biroz loyqasimon suyuqlik holatida 
chiqariladi. Saqlash jarayonida sarg’ish rangga kirib qolishi mumkin. Harorati 4-
10°S bo’lgan sharoitda saqlanishi kerak, muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Oddiy (normal) gammaglobulinlar donorlar, plasentar va abort qonlaridan - 
infeksiyadan so’nggi yoki emlashdan so’ng hosil bo’lgan immunitetlari bor 
kishilar qonidan tayyorlanib, qizamiqqa, poliomielitga, virusli gepatitga, 
meningokokka va boshqa infeksiyalarga qarshi shoshilinch emlashda ishlatiladi. 
Maxsus gammaglobulinlar u yoki bu yuqumli kasallikka qarshi maxsus emlangan 
kishilar (donorlar) qonidan tayyorlanadi. Masalan: kanali ensefalitga qarshi 
gammaglobulin, gripp, qoqshol, stafilokokkli infeksiyalarga qarshi 
gammaglobulinlar. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin