O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Jonsizlantirilgan vaksinalar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Jonsizlantirilgan vaksinalar. 
Bunday vaksinalar patogenlik va virulentlik 
xususiyatlari yaxshi rivojlangan kasallik qo’zg’atuvchi shtammlaridan 
tayyorlanadi. Maxsus oziqli muhitda o’stirilgan bu qo’zg’atuvchilar shtammlari 
qizdirish yo’li bilan yoki formalin, etil spirti, aceton va boshqa bakterisid moddalar 
yordamida inaktivatsiyalash (jonsizlantirish) yo’li bilan olinadi. 
Jonsizlangan vaksinalarni konservalash uchun ularga tozalangan kuchsiz 
fenol va mertiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 
qayta yuborilgandan so’nggina immunitet hosil qiladi; immunitetning davomiyligi 
6-10 oydan oshmaydi. Jonsizlantirilgan vaksinalar muzlatilganda yaroqsiz holga 
keladi. 
Hozirgi vaqtda jonsizlantirilgan vaksinalar ich terlama, ko’kyo’tal, kanali 
encefalit, leptospiroz kabi kasalliklarga qarshi emlash uchun ishlatiladi. 
Jonsizlantirilgan vaksinalarning qulayliklaridan biri ularni tayyorlash 
tirik vaksinalarga nisbatan ancha osonroq yo’llar bilan amalga oshadi, undan 
tashqari bu vaksinalarni uzoq muddatda saqlash imkoniyati bor. 
Kimyoviy vaksinalar. 
Kimyoviy vaksinalar bakteriyalardan ularning 
tarkibida joylashgan eruvchan antigenlarni toza holda ajratib olish uchun murakkab 
kimyoviy va fermentativ ishlov berish yo’li bilan olinadi. 
Bakterial hujayralardan ajratib olingan eruvchan antigenlar organizmga 
yuborilganda tez so’rilib ketadi, kuchsiz immunitet hosil qiladi va organizmga 
kimyoviy moddalarning qoldiqlari zaharli ta’sir ko’rsatadi. 


Bunday kamchiliklarni yo’qotish uchun vaksinaga suvda erimaydigan odam 
organizmi uchun zararsiz bo’lgan moddalar (alyuminiy gidroksidi yoki alyuminiy 
fosfat tuzi) qo’shiladi. Bu moddalar antigenlarni o’ziga shimib oladi (sorbsiya) va 
ularning organizmga so’rilishini sekinlashtiradi. Shimdirilgan (sorbsiyalangan) 
vaksinani teri ostiga yuborilganda shu joyda antigenlar "deposi" hosil bo’ladi va 
organizmga asta-sekin so’rilishi natijasida toksik (zararli) ta’siri kamayadi. 
Antigenlarning asta-sekin so’rilishi organizmda kuchliroq va uzoq muddatli 
immunitet hosil bo’lishini ta’minlaydi. Bu esa saralangan kimyoviy vaksinani bir 
marta yuborish bilan kerakli immunitet hosil qilishini ta’minlaydi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin