162
tashkillashtirilgan hududlarda kasallikning endemikligini va kasallanishning yuqori
ko’rsatkichlarda bo’lishini ta’minlaydi. Suv ta’minotida, kanalizatsiya holatida,
kommunal qulayliklar darajasida jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lgan Markaziy
Osiyo mintaqasida bu yaqqol namoyon bo’lmoqda. Suv tanqisligi va sifatining
pastligi A gepatit virusi berilishining maishiy yo’li faollashuviga ko’maklashadi.
Bu yo’l ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilmaydigan bolalar
o’rtasida faoldir. Oziq-ovqat yo’li bilan zararlanish o’tkir va aksariyat hollarda
surunkali tusda amalga oshadi. Bu yo’l bilan yuqishda termik ishlov berilmaydigan
turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari - meva-chevalar, sabzavotlar, ko’katlar, poliz
mahsulotlari, sharbatlar, non hamda konditerlik mahsulotlari va hokazolar
yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. Bunda ovqatni tayyorlashda, meva-
sabzavotlarni, idishlarni yuvishda ishlatiladigan ifloslangan suv, ovqat
tayyorlashda qatnashayotgan zararlangan kishining qo’llari yuqtirishning oraliq
omillari bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Moyillik. A gepatitga aholi moyilligi umumiy. Og’rib o’tganlarda paydo
bo’luvchi immunitet umrbod saqlanib qoladi. Bu hol kasallik epidemik jarayoni
ko’rinishlari o’ziga xosligiga ta’sir etuvchi omillardan biridir.
Dostları ilə paylaş: