187
Epidemik serebrospinal meningit deyarli havo-tomchi yo’li orqali yuqib,
yuqishning asosiy qismi esa bemorlar va tashuvchilar bilan yaqinda muloqotda
bo’lganda yuzaga keladi. Epidemik serebrospinal meningitga odamlarning
moyilligi unchalik katta emas. L.V.Gromashevskiy va G.M.Voyndraxning
ko’rsatishlaricha meningokokk bilan zararlangan 100 nafar odamdan faqat
bittasigina meningit bilan kasallanar ekan, 1-2 tasida esa meningokokksemiya
rivojlanadi. 15-16 tasida nazofaringit belgilari kuzatiladi, qolganlari esa sog’lom
tashuvchilar sifatida infeksiyani belgisiz o’tkazishar ekanlar.
Epidemik meningit asosan kichik yoshdagi bolalarda ko’proq uchraydi.
Kattalarda esa ko’proq nazofaringit ko’rinishida uchraydi. Epidemik serebral
meningit shaharlarda qishloq joylariga nisbatan ko’proq uchraydi. Meningit bilan
kasallanish ko’proq yilning sovuq vaqtlarida uchraydi. Meningokokkli infeksiyaga
ham davriy ko’tarilishlar xosdir. Ular tashuvchi payqalmas shakllarining keng
tarqalganligi, shuningdek generallashgan shakllari bilan kasallanishlar oshib
borishi bilan xarakterlanadi. Bunday ko’tarilishlar 8, 10, 15 va ba’zan 30 yil
oralig’ida ham bo’lib turishi mumkin. Kasallik fevral - may oylarida ko’p
uchraydi. Bunday bo’lishiga qish oylarida odamlarning bir joyga to’planishi
natijasida tashuvchilik ko’payishi sababdir.
Dostları ilə paylaş: