O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Dezinfeksiya o’zi nima? Dezinfeksiya bu tashqi muhit ob’eklaridan patogen 
mikroorganizmlarni yo’qotishdir. Sog’liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati Departamenti mamlakat miqyosida dezinfeksiya ishlariga 
rahbarlik qiladi. 
Dezinfeksiya  o’tkazuvchi  muassasalar  yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan 
bemorlarni  kasalxonalarga  yotqizish  hamda  yuqumli  kasalliklar  o’chog’ida 
dezinfeksiya  ishlarini  olib  borish  va  tashkillashtirish  kabi  tadbirlarni  amalga 
oshiradi. 
Meyoriy  va  uslubiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  ularni  amalda  joriy  qilish, 
ularning  bajarilishini  nazorat  qilish,  kadrlar  tayyorlashni  tashkillashtirish, 
dezinfeksiya  ishlariga  va  dezinfeksiyalovchi  vositalarga  sarf  qilinadigan 
mablag’larning to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilish, dezinfeksiya ishlari bo’yicha 
uslubiy  rahbarlik  qilish,  shu  sohadagi  yangi  uslublarni  joriy  qilish  va  ularni 
tashkillashtirish,  ushbu  soha  bo’yicha  ilmiy  tekshirishlarning  borishini  nazorat 
qilish va rejalashtirish bilan shug’ullanadi. 
Viloyatlarda  dezinfeksiya  ishlarini  boshqarish  joylardagi  viloyat  DSENM 
dezinfeksiya bo’limlari orqali amalga oshiriladi. Shahar va tumanlarda esa shahar 
va  tuman  DSENMlari  orqali  ularning  tarkibiga  kiruvchi  dezinfeksiya  bo’limlari 
yoki dezinfeksiya stansiyalari yordamida amalga oshiriladi. 
Dezinfeksiya  xizmati  amalga  oshiradigan  ishlarning  bir  qismini  profilaktik 
dezinfeksiya tashkil qiladi, profilaktik dezinfeksiya u yoki bu hududlarda yuqumli 
kasalliklarning  tarqalishi  va  kelib  chiqishining  oldini  olishga  qaratilgan. 
Kasallikning oldini olish uchun o’tkaziladigan dezinfeksiya ishi yashash joylarida, 
xizmat binolarida, omborxona va boshqa binolarda buyumlarni dezinfeksiya qilish 
va  zararsizlantirish  hamda  ayrim  hudud  va  uchastkalarda,  uy  xo’jaliklarida 
sanitariya  va  epidemiologik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ob’ektlarda  (bozor,  umumiy 
ovqatlanish  ob’ektlari,  ovqat  mahsulotlari  va  hayvonlardan  olinadigan  xom 
ashyoni  saqlash  va  qayta  ishlash  joylari,  axlatxonalar  va  Shunga  o’xshashlar) 
pashshalarni,  kemiruvchilarni  yo’q  qilish  bo’yicha  o’tkaziladigan  chora-
tadbirlardir. 
Dezinfeksiya  stansiyasi  mustaqil  maxsuslashtirilgan  tashkilot  bo’lib 
dezinfeksiyaning  barcha  turlarini  bajaruvchi  muassasa  hisoblanadi.  Dezinfeksiya 
stansiyasi  mavjud  bo’lgan  shaharlarda  dezinfeksion  bo’limlar  DSENM 


 
83 
strukturasida  ko’zda  tutilmaydi.  Dezinfeksiya  stansiyasi  dezinfeksiya  va 
sterilizatsiya  ishlari  bo’yicha  yuqori  va  o’rta  tibbiyot  ma’lumotiga  ega  bo’lgan 
kadrlarni tayyorlovchi baza bo’lib ham hisoblanadi. 
Hozirga vaqtda ish joylari normalariga, maxsus jihozlariga qarab, bajaradigan 
ishlar  hajmiga  qarab,  aholiga xizmat  ko’rsatish soniga qarab  shahar  dezinfeksion 
stansiyalari  2  ta  toifaga  bo’linadi.  350  dan  to  600  minggacha  aholisi  bo’lgan 
shaharlarda  I  —  toifa,  200  dan  to  350  minggacha  II  -  toifa.  Mamlakatimizning 
yirik shaharlaridagi dezinfeksiya stansiyalar (aholisi 1 milliondan ko’p bo’lgan) bu 
toifalarga kirmaydi, chunki ularning tuzilishi alohida xususiyatlarga ega. Tumanlar 
DSENM dezinfeksiya bo’limlari va dezinfeksiya stansiyalarining asosiy vazifalari 
quyidagilar: 
1.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni  kasalxonalarga  olib  borish, 
yuqumli  kasalliklar  o’choqlarida  dezinfeksiya  ishlarining  hamma  turlarini 
o’tkazish. 
2.  Kasallik  o’chog’ida  dezinfeksiya  o’tkazishda  olingan  buyumlar  hamda 
davolash-profilaktika bo’limlari tomonidan olib kelingan zararlangan materiallarni 
kamera yordamida zararsizlantirish. 
3.  Yuqumli  kasallik  o’chog’ida  bemorlar  bilan  muloqatda  bo’lgan  kishilarni 
sanitariya ko’rigidan o’tkazish. 
4.  Davolash-profilaktika  hamda  bolalar  muassasalarida,  yuqumli  kasalliklar 
o’choqlarida  kundalik  dezinfeksiya  ishlarini  tashkil  qilish  va  ularni  bajarishda 
metodik yordam berish. 
5. 
Sanitariya-epidemiologiya 
muassasalarida 
va 
davolash-profilaktika 
muassasalarida  sterilizatsiya  ishlariga  metodik  yordam  ko’rsatish  va  ularning 
bajarilishini nazorat qilish. 
6.   Profilaktik dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish. 
7. Kasallik o’choqlarida dezinfeksiya, sterilizatsiya ishlarining sifatini tekshirish 
va  Shu  bilan  birga  bu  maqsadda  ishlatiladigan  dezinfeksiya  vositalarining, 
jihozlarining sifatini tekshirish. 
8.  Xizmat  ko’rsatilayotgan  hududlardagi  sterilizatsiya  jihozlarini,  dezinfeksiya 
kameralarini to’g’ri ishlatish, sifati va texnik ahvolini tekshirish. 
9. Infeksiya o’chog’idagi bemorni, buyumlarini va boshqa yuqumli materiallarni 
tashishda ishlatiladigan transport vositalarini dezinfeksiya qilish. 
10.  Dezinfeksiya,  sterilizatsiya,  dezinseksiya  va  deratizatsiya  masalalari 
bo’yicha  maslahatlar  berish.  Aholi  orasida  dezinfeksiya,  dezinseksiya  va 
deratizatsiyada  ishlatiladigan  vositalar  va  buyumlar,  ularni  ishlatishning  qulay 
usullari haqida sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish. 
11. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo’yicha hisobot 
ishlarini olib borish. 
12.  Bu  vazifalardan  tashqari  dezinfeksiya  xizmati  xodimlari  yuqumli 
kasalliklarning  hisoboti  va  qayd  qilish  ishlarini  ham  olib  borishlari  va  Shu  bilan 
birga  yuqumli  kasalliklar  shifoxonalarida  epidemiyaga  qarshi  kurash  va 
dezinfeksiya rejimini tekshirib borishlari mumkin. 
13.  Dezinfeksiya  xizmatining  asosiy  vazifalaridan  yana  biri  dezinfeksiya 


 
84 
stansiyalarining faoliyatini yanada rivojlantirib takomillashtirishdan iboratdir. 
Yuqumli  kasalliklar  o’chog’idagi  xizmatni  bir  markazdan  turib  boshqarish 
tizimi  dezinfeksiya  stansiyalarga  qo’shimcha  vazifalarni  yuklaydi:  aniqlangan 
barcha  yuqumli  kasalliklar  va  yuqumli  kasalliklarga  gumon  qilinganlar  haqida 
telefon  orqali  beriladigan  xabarlarni  kecha-kunduz  qayd  qilish,  tumanlar 
DSENMni  barcha  yuqumli  kasallik  hollari  haqida  zudlik  bilan  ogohlantirish. 
Davolash  profilaktika  muassasalaridan  yuqumli  kasalliklar  diagnozining 
tasdiqlanishi  yoki  o’zgarishi  haqida  doimiy  ma’lumot  olib  turish  va  yuqumli 
kasalliklarni  statistik  tahlil  qilish.  Yuqumli  kasalliklar  paydo  bo’lishi  holatlarida 
kasallik  o’choqlarida  zudlik  bilan  epidemiyaga  qarshi  choralarni  o’tkazishga 
yordam beradi. 
Dezinfeksiya  stansiyasining  asosiy  bo’linmalari  quyidagilar:  yuqumli 
kasalliklarni qayd etish va evakuatsiya qilish bo’limi, kasallik o’chog’ida o’choqli 
dezinfeksiya  o’tkazish  bo’limi,  kamerali  dezinfeksiya  va  sanitariya  qayta  ishlov 
berish  bo’limi,  profilaktik  dezinfeksiya  bo’limi,  kimyoviy,  biologik  va 
entomologik tekshirishlar o’tkazuvchi laboratoriya. 
Qishloq  joylarda  o’choqli  dezinfeksiya  tadbirlarini  tashkil  etish  va  qo’llash 
tuman  DSENM  tarkibidagi  dezinfeksiya  bo’limlari  tomonidan  olib  boriladi. 
Qishloq  vrachlik  punktida,  ambulatoriya  yoki  bo’limda,  kasalxona  dezinfektori 
dezinfeksiyani  o’tkazadi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  dezinfeksiya  tadbirlarini 
o’tkazishda  feldsherlik-doyachilik  punktlari,  qishloq  vrachlik  punktlari  ham 
qatnashadi.  Dezinfeksiya  tadbirlari  natijalariga  baho  berish  va  tahlil  qilish  uchun 
sifat  ko’rsatkichlaridan  foydalaniladi.  Dezinfeksion  chora-tadbirlarni  tahlil  qilish 
va  baholash  uchun  sifatiy  ko’rsatkichlar  mavjuddir.  Yakuniy  dezinfeksiyani 
baholashda  asosiy  ko’rsatkichlar  bo’lib  quyidagilar  xizmat  qiladi:  dezinfeksiyani 
bajarish  muddatlari,  ishlov  berishning  to’liqligi,  kamerali  dezinfeksiya  o’tkazish, 
vizual  va  laboratoriya  nazoratini  o’tkazish.  Joriy  dezinfeksiyada  asosiy  e’tibor 
epidemik o’choqlarda, davolash-profilaktika muassasalarida bemorlar va bakteriya 
tashuvchilar  tarqatayotgan  zararli  ajratmalarni  zararsizlantirishni  o’z  vaqtida 
tashkil etishga qaratiladi. 
Dezinseksiya bo’yicha asosiy sifat ko’rsatkichlari quyidagilar: hasharotlardan 
tozalangan maydonlarning ko’payishi, ishlov berilayotgan ob’ektlarda o’z vaqtida 
to’liq  dezinseksiya  samarasining  ta’minlanishi,  pashshalarga  qarshi  kurashishda 
esa  lichinkalarning  bo’lmasligi  va  qanot  chiqargan  pashshalar  sonini  eng  kam 
miqdorigacha kamaytirish. 
Deratizatsiya  bo’yicha  sifat  ko’rsatkichlari  bo’lib  quyidagilar  xizmat  qiladi: 
kemiruvchilardan  tozalangan  maydonlarning  ko’payishi,  ishlov  berilayotgan 
maydondagi kemiruvchilar sonini kamaytirishdir. 
Sterilizatsiya  fizik  va  ximik  usullar  yordamida  barcha  mikroorganizmlar  va 
ularning  sporalarini  yo’qotishdir.  Kasalxona  ichida  tarqaluvchi  infeksiyalarning 
oldini olishda ham sterilizatsiya muhim ahamiyatga ega. Shuningdek sterilizatsiya 
bir  qator  yuqumli  kasalliklarning  oldini  olishda,  ayniqsa  qon  orqali  o’tadigan 
kasalliklarga  (gepatit  V,  S,  bezgak,  OITS)  qarshi  kurashishda  katta  ahamiyatga 
ega.  Sterilizatsiya  qaynatish,  bug’li,  havoli,  kimyoviy  aralashmali  preparatlar, 


 
85 
gazlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Usul  tanlash  ishlov  beriluvchi  ob’ektning 
xususiyatiga,  u  yoki  bu  apparaturaning  mavjudligiga,  uning  nima  uchun 
qo’llanishiga bog’liq ishlov bir necha bosqichdan iborat. 
Yara  yuzasi  bilan,  qon  va  infeksiya  preparatlari  bilan  aloqada  bo’lmagan 
tibbiyot  buyumlari  dezinfeksiya  qilinadi.  Yara  yuzasi,  qon  va  infeksiya 
preparatlariga  tegadigan  tibbiy  buyumlar  oldin  dezinfeksiya  qilinib,  keyin 
sterilizatsiya  qilinadi.  Yiringli  jarrohlik  va  yuqumli  kasalliklar  bemorlariga 
qo’llaniladigan tibbiy ashyolar (masalan: V gepatitda) avval dezinfeksiya qilinadi, 
keyin esa sterilizatsiya oldi ishlovi berilib, so’ngra sterilizatsiya qilinadi. Yuqorida 
aytib  o’tilganlar  V  va  S  gepatit  kasalliklarini  boshidan  kechirganlar  va  ushbu 
kasalliklar  qo’zg’atuvchilarini  tashuvchilarga  qo’llaniladigan  ashyolarga  ham 
taalluqlidir. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin