O'zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə4/8
tarix05.02.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#82991
1   2   3   4   5   6   7   8
нилуфар

To’pni yerga urib olib yurish. Bu usul bir joyda turganda, ko’proq yurganda, yugurganda bajarilib, gandbol o’yinchisining harakat qilishda qo’llaniladigan asosiy usullaridan hisoblanadi. To’pni yerdan har xil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda gandbol o’yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to’pni pastga tushirib va keng yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo’lini bukib, to’pni biroz yuqoriga uzatadi, so’ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo’yicha keskin uzatadi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to’g’ri tutilgan bo’lishi kerak (8-rasm).

8-rasm
To’pni yerga urib olib yurish to’g’ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo’ylab har xil yo’nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo’nalishni, tezlikni, sapchish balandligini o’zgartirib hamda to’pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar hozirgi zamon gandbol o’yinida katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. To’pdan oldin ham, undan keyin ham qo’lida to’pi bo’lgan o’yinchi uch bosqichga o’tishi mumkin. Bir urish bilan to’pga egalik qiluvchi gandbolchi uch qadamgacha harakatlana boshlaydi, so’ng to’pni maydonchaga uradi, to’pni ushlab oladi va yana qo’lida to’p bilan uchta qadam bosishi mumkin. Sherigiga berishdan oldin yoki maqsadga tashlamasdan oldin ko’p zarbali dribling bilan gandbolchi to’pni barmoqlari va kaftlari bilan boshqaradi, uni oldida yoki yonidan olib boradi.
To’pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog’liq, shular orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo’nalishini va usulini o’zgartirishdir. To’pni ko’zlagan joyga yo’naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim rol o’ynaydi, uning kuchi tezligiga bog’liq. To’p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to’p otayotgan qo’lning keng amplitudadagi harakati gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o’yinda bir necha qadamdan so’ng, keng amplitudada qo’lni silkitib to’p otishni qo’llash anchagina mushkul. Shuning ma’lum o’yinchilar va murabbiylaming ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to’pni ilgandan so’ng darrov sakrab va hokazo) yaratishga qaratilgan. To’pning chiqarilish vaqtida bilak va qo’lning yelkasiga nisbatan pozitsiyasiga qarab, yuqoridan, pastdan otish farqlanadi. Orqaga tortilganda, o’zaro harakat har doim ham zamax yo’nalishi bilan mos kelmaydi. Misol uchun, yuqoriga va orqaga qaytgandan so’ng, o’yinchi qo’lini tushirishi va yon tomondan otishni o’rganishi mumkin.



Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin