3. TIF TN ning asoslari va yaratilishi TIF TN ni to’zishda 59 ta davlatdan ekspertlar va ko’plab davlatlararo hamda nodavlat iqtisodiy tashkilotlari, shu jumladan xalqaro savdo palatasi, "Ta’rif va savdo bo’yicha oliy kengash", standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot, BMT ning statistik byurosi katnashgan.Yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, ularning tez fursatlarda ishlab chikarishga joriy etilishi. hamda savdo-sotiqning rivojlanishi nomenklaturaning uzliksiz boyitib boritilishini taqazo etadi. Uning takomillashtirilgan va tuldirilgan ikkinchi nashri qayta chop etilib, 19 92 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. 1993 yidda uchinchi nashri chop etildi.
Nomenklaturaning asosini quyidagilar tashqil etadi:
o Xalqaro Bojxona kengashi nomenklaturasining oxirgi redaktsiyasi;
o Vryussel’ bojxona nomenklaturasi :
o BMT xalqaro savdo klassifiqatori:
o 12 ta xalqaro va milliy klassifikatsion sistemalar.
TIF TN dan davlatlarining 80% dan ortigi, ya’niGATT (Qeneral aqrement on tarifs and trade–Генеральное соглашеные о тарифах и торговле) ta’rif va savdo bo’yicha Bosh bitim, tarkibidagi 150 davlat (bu davlatlar hissasiga dunyo savdo-sotig’ining 90% to’g’ri keladi), shu jumladan MDX davlatlari foydalanadilar.
4.Bo’lim va guruhlarda tovarlarning joylashtirilish printsipi Tovar nomenklaturasida barcha tovarlar oddiydan murakkabga qarab, nihoyatda aniqlik bilan joylashtirilgan. M: birinchi bo’limda tirik hayvonlar vaularning mahsulotlari, ikkinchi bo’limda o’simliklar va ularning mahsulotlari, uchinchi bo’limda o’simlik va hayvon yoglari, qisqasi qishloq xo’jalik mahsulotlaridan boshlanib, yuqori texnik tovarlar va san’at asarlari bilan yakunlanadi. Har bir guruh ma’lum sanoat tarmog’iga tegishli mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Ba’zan bu holatlardan chetlanishlar kuzatilishi mumkin.
Misollar:
- tabiiy va sun’iy jun, hamda undan olinadigan mahsulotlar,
- to’qimachilik sanoati mahsulotlari aralash holda beriladi;
- bolalar poyavzali tovar nomenklaturasida izoxlanmagan bo’lib, unga tayyorlangan mahsuloti bo’yicha pozitsiya beriladi;
- tsirk ayig’i tirik hayvonlar guruhida sinflanmaydi.