Oldingi
tahrirga qarang.
a) tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan respublikaning
yagona tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish holatini muntazam ravishda tahlil qilsin va tahlil
natijalarini har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar
Mahkamasiga taqdim etsin;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-
sonli
Farmoni
tahririda)
b) Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda
“Diplomatik xizmat to‘g‘risida”gi, “
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida
”gi
(yangi tahriri), “
Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
”gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini
belgilangan tartibda kiritsin;
v) Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ishlab turilgan mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, tovarlar, ishlar
(xizmatlar) qiymati indeksatsiyasini, shuningdek, valyuta kursining o‘zgaruvchanligini o‘rganish
asosida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari xodimlarining ish haqlarini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalariga uzoq muddatli xizmat safariga
yuborilgan xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlarini besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib
chiqish amaliyotini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritsin;
13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
5/6
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar
instituti hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-oktabrgacha
bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy sheriklar o‘rtasida mamlakatimizning
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rta va uzoq muddatli manfaatlariga
asoslangan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi
(yangi tahriri) loyihasini kiritsin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar
instituti, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-
yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish, shu jumladan, joylarga chiqish orqali ularni tanqidiy o‘rganish yakunlari
bo‘yicha takliflarni kiritsin;
e) bir oy muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan
takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini quyidagilarni
nazarda tutgan holda kiritsin;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning
zamonaviy tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Universitet
faoliyatining dolzarb vazifalari va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish;
manfaatdor idoralarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotda talab qilinadigan
mutaxassislarining aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ular orasidan
diplomatik kadrlarning istiqbolli zaxirasini shakllantirish maqsadida bakalavriatda o‘qish muddatini
va bakalavriatga qabul qilish kvotalarini kamaytirish;
“Xalqaro iqtisodiyot va menejment” hamda “Xalqaro jurnalistika” mutaxassisliklari bo‘yicha
bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish;
Universitetda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va rasmiy tadbirlar
o‘tkazishni yuqori tashkiliy darajada ta’minlaydigan professional tarjimon va gidlarni tayyorlash
bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini
prognoz baholash bilan fundamental ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish orqali O‘zbekiston
Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini tizimli tahlil qilishda Universitetning
rolini kuchaytirish.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini har chorakda
Vazirlikning markaziy apparati va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari va
xodimlari, vazirlik va idoralar, soha tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa rejimida
tanqidiy ko‘rib chiqsin;
poytaxt hududida yer uchastkalari ajratilishini va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy
mamlakatlardagi elchilari uchun uy-joylar va Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari uchun
to‘rtta ko‘p kvartirali uy qurilishini hamda ularning 2019-yilning oxiriga qadar foydalanishga
topshirilishini ta’minlasin;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari uchun xorijiy sheriklar
bilan muzokara jarayonini, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik
taqdimotini tashkil etish masalalari bo‘yicha hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning
boshqa masalalari bo‘yicha, shu jumladan, joylarga borish orqali seminar va treninglar o‘tkazilishini
tashkil qilsin.
12. “Ipoteka-bank” ATIB, “Asaka-bank” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “
2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va
rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi 2016-yil 22-noyabrdagi
PQ–2660-sonli va “
2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va
rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida
”gi 2017-yil 23-oktabrdagi PQ–3350-sonli qarorlarida nazarda tutilgan shartlar asosida
13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
6/6
elchilar va Tashqi ishlar vazirligi diplomatik xodimlari uy-joy hamda ko‘p kvartirali uylarda kvartira
sotib olishi uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
13. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda:
a) bir haftalik muddatda Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir
tashkiliy chora-tadbirlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini
rivojlantirish jamg‘armasi nizomini tasdiqlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
b) ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1994-yil 25-fevraldagi PF-769-sonli
Farmoni
o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi V.V. Maxmudov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
PF-5400-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5400/1023-son, 30.05.2019-y.,
06/19/5733/3216-son)
Dostları ilə paylaş: |