13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
1/6
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI TIZIMINI TUBDAN
TAKOMILLASHTIRISH HAMDA TASHQI SIYOSIY VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNING USTUVOR
YO‘NALISHLARINI AMALGA OSHIRISHDA UNING MAS’ULIYATINI KUCHAYTIRISH CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko‘lamli
islohotlarni va demokratik o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishda, xalqaro maydonda
mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi farovonligining oshishini ta’minlashda eng muhim
omil hisoblanadi.
Ochiq tashqi siyosatning faollashuvi natijasida xorijiy mamlakatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro
manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda salmoqli natijalarga erishildi, Markaziy Osiyo davlatlari
bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar
aloqalar sezilarli darajada kengaydi, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik va xorijdagi
vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘rnatildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar hal
etilmoqda.
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi ishlarning amaldagi holatini tahlil qilish,
birinchi navbatda, davlatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish borasida
qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator jiddiy muammolar
mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:
birinchidan, amaldagi normativ-huquqiy baza diplomatik xizmatning barcha masalalarini
to‘liq tartibga solmaydi, to‘plangan huquqiy va amaliy tajribani to‘liq aks ettirmaydi, shuningdek,
zamon talablariga mos kelmaydi;
ikkinchidan, tashqi siyosiy idoraning tashkiliy-shtat tuzilmasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
sohalardagi strategik vazifalarni hal etish uchun mavjud resurslarni samarali safarbar qilishga
yo‘naltirilmagan;
uchinchidan, davlat organlarining Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining
xorijdagi muassasalari bilan o‘zaro hamkorligining, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan savdo-
iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalarida samarali va
muvofiqlashtirilgan ishlarni olib borishning aniq belgilangan mexanizmlari mavjud emas;
to‘rtinchidan, tashqi siyosiy idoraning ishlarini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash va
rejalashtirish qisman amalga oshirilmoqda, tashqi siyosatning ustuvorligi bo‘yicha ishlab
chiqilayotgan takliflar mamlakat tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish masalalarini lozim
darajada hisobga olmayapti;
beshinchidan, mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar va respublikaning xalqaro
tashabbuslari haqida jahon hamjamiyatini xabardor qilish ishlari sust tashkil etilgan bo‘lib,
mamlakatning ijobiy imidjini yaratish va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash vazifalari
samarali bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda;
oltinchidan, konsullik muassasalari faoliyatida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorlik
va sifat darajasi, O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy
manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash, og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga
yordam ko‘rsatish darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda;
yettinchidan, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilmagan, respublikani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar loyiha hamda
dasturlarni amalga oshirishda ularning salohiyatidan foydalanilmayapti;
sakkizinchidan, kadrlar siyosatining samarasizligi, shuningdek, tashqi siyosiy idora
xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va ijtimoiy himoyalanishining past darajada ekanligi yuqori
malakali diplomatik tarkibni shakllantirish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklamoqda,
13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
2/6
diplomatik xizmatning obro‘sini tushirmoqda va malakali mutaxassislarning sohani tark etishiga
sabab bo‘lmoqda;
to‘qqizinchidan, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarli darajada joriy
etilmasligi ustuvor vazifalarni hal etishga to‘sqinlik qilmoqda, tezkor tashqi siyosiy va tashqi
iqtisodiy munosabat bildirishni, shuningdek, “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish
imkonini bermayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida,
shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi
va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar
konsepsiyasi
vazifalariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini isloh etishning eng muhim
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birinchidan, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari
faoliyati va tashkiliy-shtat tuzilmasining normativ-huquqiy asoslarini “iqtisodiy diplomatiya”ni
rivojlantirishga urg‘u bergan holda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
ikkinchidan, respublikaning yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga
oshirishda Tashqi ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, shuningdek, tegishli
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi vazifalari,
funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va ajratish;
uchinchidan, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari
faoliyatiga mamlakatimiz mahsulotlari, ishlari (xizmatlari) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya
qilish, investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va turistlar oqimini mamlakatga jalb etishga yo‘naltirilgan
yangicha yondashuv va usullarni joriy etish;
to‘rtinchidan, eng avvalo, milliy va xorijiy ekspertlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari,
jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan muntazam hamda maqsadli axborot almashish ishlarini
kuchaytirish orqali O‘zbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda “ommaviy diplomatiya”
vositalarini faol qo‘llash;
beshinchidan, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilinishini
ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan har
tomonlama muloqotni qo‘llab-quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy
loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish;
oltinchidan, ichki idoraviy rejalashtirish va nazorat qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish,
hisobot berish tartibi va shakllarini soddalashtirish, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston
Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini
shakllantirish;
yettinchidan, diplomatik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish, rotatsiyasini ta’minlash hamda istiqbolli zaxirasini shakllantirishning ilg‘or va shaffof
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish orqali Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston
Respublikasining xorijdagi muassasalarida kadrlar siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
sakkizinchidan, diplomatik xizmat organlari xodimlarining moddiy rag‘batlantirilishi va
ijtimoiy himoya qilinishini yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni
yaratish;
to‘qqizinchidan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shuningdek, global
axborot maydonida mamlakatimiz manfaatlarini ilgari surish maqsadida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali Tashqi ishlar vazirligi tizimining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida:
a) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi:
Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy ko‘mak vositalarini jalb qilish boshqarmasi;
Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi;
Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
13.09.2023, 16:02
PF-5400-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshiri…
https://lex.uz/uz/docs/-3611072
3/6
Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi;
b) Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar boshqarmasi;
v) Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti;
g) Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi;
d) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va uning tarkibida
Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center);
e) Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi;
j) “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi va Media-markaz;
z) Tarjimonlar byurosi;
i) Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi;
k) Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari
tashkil etilsin.
Dostları ilə paylaş: |