1-rasm. O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining daromadlari
Hukumatning xorijiy valyuta va aktivlarining bir qismi;
O’zbekiston Respublikasining xorijiy sheriklar bilan mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitimlari doirasida mahsulot sotishdan oladigan daromadlari;
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat budjeti daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag’lar:
Jamg’arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.
Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006-2009 yillar mobaynida Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvarag’ida Jamg’arma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari mikdorida shakllantirishni ta’minlashi belgilab qo’yildi.
Jamg’arma soliqlar, yig’imlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi
(yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno).
O’zbekistonRespublikasiTiklanishvataraqqiyotjamg’armasining mablag’laridan foydalanish yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining mablag’laridan:
Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;
yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish;
yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi strategik ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
davlat tomonidan tashqi mablag’larni jalb qilish bo’yicha xalqaro moliya institutlari va chet ellik kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklari uchun chet el valyutasida ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;
grant asosida yoki foizsiz kreditlar berish yo’li bilan ayrim loyihalarning dastlabki yoki uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni moliyalashtirish;
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar, strategik ahamiyatga molik boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;
ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni grant asosida moliyalashtirish;
qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturlarini (biznesrejalarini), shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish, qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkon beradigan investitsiya dasturlarini (biznesrejalarini) tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtirish;
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi devonini saqlab turish hamda uni boshqarish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Har qanday maqsadli davlat jamg’armasi kabi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’laridan foydalanish yo’nalishlari va tartiblari tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan. Xususan, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
- avvalo yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O’zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma moliyalashtirish;