O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti



Yüklə 421,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix09.10.2023
ölçüsü421,74 Kb.
#153137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

 
Birja - 
namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam 
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
 
Uning tovar birjasi, fond birjasi, 
valyuta biijasi, mehnat biijasi
 
singari turlari keng tarqalgan.
 
Tovar birjasi - 
oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil 
etish shakli. 
Fond birjasi - 
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan 
tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
 
Valyuta birjasi - 
milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-
sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. 
Mehnat birjasi - 
ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi 
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi 
muassasa. 
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar 
tuziladi, lekin tovami yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz 
beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan 
ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. 
Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta 
birjalarida
oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki
maxsus firma. 
Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish 
yuritadi, kafolat bemvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham 
mumkin. 


Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, 
lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan 
tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal boiishi mumkin. 
Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda 
har xil tovarlar sotiladi. 

Yüklə 421,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin