EZILISH SINDROMI.
Oyoq - qullar tananing boshqa qismlari yumshoq tuqimalarninig zilzila vaqtida, bosib qolishda va boshqalarda uzoq muddatgacha turli narsalar (daraxt, toshlar, beton plitalar, uta og`ir buyumlar va hokazo) ostida bosilishi oqibatida yuz beradigan ma`lum simptomlar kompleksi e z i l i sh sindromi deyiladi. yoki shikastlanish taksikozi deyiladi. Bunda muskullar teri osti yog` kletchatkasi tomirlar va nervlar suyaklar majaklanadi va sinadi.
Uzoq vaqt ezilish natijasida muskullar va boshqa tuqimalar qonga yolchimay qoladi natijada bu tuqimalarda nekroz boshlanib tuqimalar o`la boshlaydi va uzidan zaharli moddalar ajratadi. So`ng to`qimalarda yig`ilgan toksinli moddlar, shuningdek og`riq impulslari oqimi organizmga tushadi va shokni eslatuvchi klinik manzarani keltirib chiqaradi.
Ezilish sindromining belgilari.
bemorning umumiy ahvoli dastlab ancha yahshi bo`ladi u umuman beholligidan ezilgan joyi og`rishidan shikoyat qilmaydi. Oradan 6-8 soat o`tgach shikastlangan oyoq- qo`lda shish paydo bo`ladi. Bu soxaning terisi avalgiga qaraganda oqaradi, so`ngra qizg`ish- ko`kimtir tusga kiradi. Terida ichi suyuqlikka to`la pufakchalar paydo bo`ladi , oyoq- qo`lini qimirlatib bol`may qoladi. Bemorning umumiy ahvoli og`irlashadi. Tana harorati 39 / 40 ga ko`tariladi. boshi qattiq og`riydi , qon bosimi avvaliga ko`tarilib keyin tushadi pulsi tezlashadi , buyrak ishi buziladi , oldin siydik ajralishi kamayadi so`ngra siydik umuman ajralmay qoladi – anuriya.
Dostları ilə paylaş: |