QON QO`YISH
Qon quyiosh tirik to`qimani ko`chirib o`tkazish bo`lib, bemor organizmiga xar tomonlama ta`sir q iladi. Shuninig uchun xam bu mutloq ko`rsatmalar bo`lgandagina bajarilishi shart.
Qon qo`yish qat`iy tartib bilan amalga oshiriladi. Retsipientnin qon guruhi va rezus mosligi aniqlanadi. Donor qoni to`g`risida ham ana shunday ma`lumotlar bo`lishi kerak. Qon qo`yishdan oldin bu ko`rsatkichlar yana bir bor aniqlanadi. mOs kelish kelmaslikka va rezus mos kelish0 kelmaslikka va biologik sinamaga bevosita reaksiya o`tkaziladi. Qo`yishdan oldin qon uy xaroratigacha isitiladi.
QON QUYISH USULLARI
- To`g`ridan to`g`ri qon quyish qon donor venasidan retsiient venasiga bevosita quyiladi.
- Bilvosita qon qo`yish - donor qoni vval maxsus idishlarga yig`iladi, sterealizatsiya qilinadi, konservaladi va keyinchalik zarur bo`lganda qo`yiladi.
Qon qo`yishning qo`yidagi usullari mavjud:
- venaga qon qo`yish – ko`p yo`qotilganda qon oqim qilib yoki bemorninig xolati imkon berganda va ko`p miqdorda qon quyish talab etilganda tomchilatib (1 daqiqada 20- 30 tomchidan ) qiy-di.
- Arteriyaga qon quyish – klinik o`lim xolatidagi yoki shunga yaqin holatdagi bemorlarga qon bosim ostida quyiladi.
- suyak ichiga qon quyish - qon suyakninig g`ovak moddasiga k-di.
- almashtirib qon quyish - qon olib, urniga donor qonini kuyish - gemolitik zaharlanganda, ovqatdan zaharlanishda qo`llaniladi.- qayta qon qo`yish- bemorning seroz bo`shlikka oqib tushgan uz qonini quyish (Qon yig`ilib natriy sitrat shimdirilgan 4 qavat dokadan filtrlab u`tkaziladi.
- murda qonini quyish- murda qoni icvimaydi, shuninig uchun uni stabilizatorsiz ko`p miqdorda ulgan kishilarninig jasadidan olib tayorlanadi)
QON QUYISHDA RO`Y BERADIGAN ASORATLAR
1 Gemotransfuziya shoki- bu mos kelmaydigan qon quyilishdan keyin yuz beradi ,Bunday xollarda qon quyish darhol tuxtatiladi plazma , shokka qarshi eritmalar 5 % li glyukoza eritmasi quyiladi. Mos keladigan bir hil guruhdagi qon quyiladi va paranefral blokada qilinadi.
2. Rezus omili mos kelmaydigan qonni kuyishda ham qon quyishdagi kursatladigan davo qilinadi.
3. Ifloslangan qon quyish- klinik simptomlari qisqa muddatdan so`ng paydo bo`ladi (Bunda antibiotiklar qo`llaniladi.)
4. Anafilaktik shok- shokka qarshi antigistaminlar kul-di.
5. Sitrat shoki- 10% li kalsiy xlorid er-si venaga
6. Pirogen reaksiyalar- analgin, antigistamin pr-lar.
7. yurakning tusatdan kengayishi
8. xavo emboliyasi.
9. Tromb emboliyasi
Jarohat deganda teri yoki shilliq pardalalrnning mexanik shikastlanishi tushuniladi.
Bunda ichkaridagi to`qimalarga ham shikast etgan bo`lishi mumkin. klinik jihatdan olganda jarohatlar 3 ta klassik belgi bilan ta`riflanadi:
teri butunligininig buzilishi vca jarohat chetininig ochilib turishi, jarohatning og`rishi, jarohatdan qon ketishi.
Jarohatlangan narsaninig xususiyatiga ko`ra jarohatlar turlicha bo`ladi. Tibbiyotda bolalar jarohatlanishi ko`p uchraydi. Bolalar jarohatlanishi ko`p uchraydi. bolalar jarohatlanishi ayniqsa maktabda, sport maydonlarida , ko`chada , uyda shikastlanishlari ko`p uchraydi. Bundan tashqari kundalik turmushda, ishlab chiqarishda, qishloq ho`jaligida , tabiiy ofatlarda va uz- uziga qasd qilish hoaltlarida sodir etiladi.
Jarohatlarninig qo`yidagi turlari tafovut qilinadi.
Kesilgan jarohatlar- to`qimalarga birorta o`tkir narsa: pichoq, hsisha temir va hokazolar ta`sir qilganda paydo bo`ladi . jarohatninig atrofi tekis, ostidagi to`qimalarga ozroq shikast etgan, jarohat ochiq bo`lib , qon ketib turadi. Boshqa j jarohatlarga qaraganda birmuncha oson tuzaladi.
Shilingan jarohatlar kesilgan jarohatlarninig bir turi bo`lib, bunda teri va teri osti to`qimasi ostidagi to`qimalardan ajralib chiqqan b`oladi. Bunday jarohatlar urinma chiziq bo`yicha harakat qilayotgan kesuvchi narsalardan shikastlanish yoki terininig teri osti to`qimasi bilan ajralishi oqibatida yuz berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |