O’zbekiston respublikasi


YONISH SHARTI, YONISHNING TURLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə38/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#38846
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Hayot faoliyati xavfsizligi

YONISH SHARTI, YONISHNING TURLARI.

Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o`zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Ko`p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong`in hosil bo`lishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda 124 vazifasini havodagi kislorod o`tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho`qlangan narsa)mavjud bo`lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15 %dan yuqori bo`lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentrasiyada esa yonish sodir bo`lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o`tashi mumkin. Xavfliligi bo`yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong`inni uzatish xususiyatlari Yo`q. Masalan, g`isht, metall, beton va boshqalar. Yonish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong`inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog`och, Qog`oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bo`lmagan changlar Yonish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq va suyuq yonuvchi

moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o`zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta'sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta'sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro`y berishi mumkin. Shu bilan birga havoda tarqalgan

holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. Masalan, lub, tamaki va kanop tolalari changlari. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o`zi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kalsiy karbid).

Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, asetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan .aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta'minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo`lishi mumkin. Masalan, balonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi

moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin