O’zbekiston respublikasi


YONG`INNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA XATARLI OMILLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə36/47
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#38846
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Hayot faoliyati xavfsizligi

YONG`INNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA XATARLI OMILLARI

Ishlab chiqarish va hayot faoliyati davomida yong`inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:

a. isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi;

b.ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish;

c. kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto`g`ri o`rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;

v. yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab-chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dviga-teldaridan chikdsigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib qolishi, elektr simlarida zo`riqishning yo`l qo`yilmaydigan darajada ortib istishi, kontaktlari yomon bo`lgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug` qozonlarining portlashi);

d. qishloq xo`jaligi mahsulotlarining yoki yonilg`ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o`z-o`zidan yonib ketishi sabab bo`ladi. Yonish - yonuvchi moddaning havo kislorodi yoki boshqa oksidlovchi modda bilan oksidlanishining tez kechadigan kimyoviy reaksiyasi bo`lib, bunda yorug`lik va issiqlik ajraladi. Yonish quyidagi turlarga bo`linadi:

Alangalanish - mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug` va gazlarning) turqun yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki

Cho`g`langan jismga tegishi sabab bo`lishi mumkin. Chaqnash - yonuvchi modda bug`i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi. Chaqnashda siqilgan gazlar hosil bo`lmaydi.

Portlash - moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez o`tishi (portlab yonishi) bo`lib, bunda ko`p miqdorda energiya chiqadi va ko`p miqdorda 123 siqilgan gazlar hosil bo`ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga olib kelishi mumkin. Portlashda hosil bo`ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, ko`pincha alangalanishi va buning oqibatida yong`in chiqishi mumkin. O`z – o`zidan alangalanish - modda ma'lum haroratgacha qizdirilganda unga bevosita tegmasdan turib sodir bo`ladi. O`z - o`zidan alangalanish harorati

moddaning yong`in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim parametrdir. Moddaning o`zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy biologik jarayonlar ta'sirida va moddaning qizishi natijasida yuz beradi. Yong`in - maxsus manbada ega bo`lmagan va moddiy zarar eltiruvchi nazoratsiz yonishdir.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin