Nazariy ma’lumot
Tuz ionlarining suv ionlari bilan o‘zaro ta’siritishi natijasida H+ yoki OH– ionlarining o‘zgarishiga tuzlarning gidrolizi deb ataladi.
Sizlarga ma’lumki, ko‘pchilik normal tuzlarning suvdagi eritmasi kislotali yoki ishqoriy muxitga ega bo‘ladi. Xolbuki, ular dissosiyalanganda vodorod va gidroksil ionlari xosil bo‘lmaydi. Masalan, alyuminiy (III) xlorid AlCl3 eritmasi kislotali reaksiyaga, soda - natriy karbonat eritmasi esa ishqoriy reaksiyaga ega. Bu xodisalar tuz ionlari bilan suv ionlarining o‘zaro ta’siri natijasidir. Agar tuz ionlari gidroksid ionlari bilan birikib kam dissosiyalanadigan mahsulotlar (molekula yoki ionlar) hosil qilsa, gidroksil ionlarining konsentrasiyasi kamayib, vodorod ionlari konsentrasiyasi ortadi. Demak eritma kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi.
Tuz ionlari esa suvning vodorod ionlari bilan birikishi natijasida gidroksid ionlari ortadi, eritma ishqoriy bo‘ladi.
Tuz ionlari bilan suv ionlaridan kam dissosiyalangan mahsulotlar molekula yoki ionlar xosil bo‘lgandagina gidroliz borishi mumkin. Agar tuz ionlari ko‘p negizli kislota yoki ko‘p kislotali asosdan xosil bo‘lgan bo‘lsa, gidroliz bir necha bosqichda boradi. Gidrolizning ionli tenglamalari almashinishi reaksiyalarining ionli tenglamalari kabi tuziladi.
Gidrolizning tipik xollari. Biz turli tipdagi tuzlarning gidrolizini misolda ko‘rib o‘tamiz.
1. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan xosil bo‘lgan tuzlar gidrolizi: a) bir negizli kislota tuzi, masalan, NaNO2 ni olaylik, natriy nitrat Na+ va NO2– ionlari xosil bo‘ladi.
Na+ ionlari OH– ionlari bilan birika olmaydi. Chunki, o‘yuvchi natriy NaOH kuchli asosdir. Aksincha HNO2-kuchsiz kislotadir. Shuning uchun ionlarning bir qismi suvning H+ ionlari bilan birikib HNO2 molekulalarini xosil qiladi. Natijada bu eritmada OH– gidroksil ionlari soni ortib ketadi va u ishqoriy reaksiyaga ega bo‘ladi, ya’ni NaNO2 ning gidrolizi quyidagi ionli tenglama bilan ifodalanadi:
NO2– +HOH ⇄ HNO2 + OH–
Molekulyar formada:
NaNO2+H2O = HNO2+NaOH bo‘ladi.
b) Ikki negizli kislota tuzi, masalan: Na2SO3 ni olaylik. Bu tuz suvda eritilganda SO3+ ionlari suvning H+ ionlari bilan birikib, kam dissosiyalanadigan HSO3- ionlari xosil qiladi. Na2SO3 gidrolizining ionli tenglamasi:
SO3-2+HOH HSO3– + OH– bo‘ladi.
Na2SO3 eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega bo‘ladi va pH>7. Gidrolizning molekulyar tenglamasi quyidagicha boradi:
Na2SO3+H2O NaHSO3+NaOH
Eritma kuchli suyultirilganda, tuz ikkinchi bosqichda dissosilanishi mumkin:
NaHSO3 + H2O H2SO3+NaOH
Na++HSO3– + H2O Na++OH–+H2SO3
HSO3+H2O OH– + H2SO3
2. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan xosil bo‘lgan tuzning gidrolizi. Masalan, FeCl3 gidrolizlanganda Fe+3 ionlari OH– ionlari bilan birikib, FeOH2+ kationlarini xosil qiladi.
Fe +3 + HOH FeOH2++ H+
Ionli tenglamadan ko‘rinib turibdiki, FeCl3 tuzi gidrolizlanganda vodorod ionlari ortib ketadi va eritma kislotali reaksiyaga o‘tadi, ya’ni pH<7.
FeCl3 - gidrolizining molekulyar tenglamasi:
FeCl3+HOH FeOHCl2+HCl
Dostları ilə paylaş: |