O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə27/47
tarix02.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#40048
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Kimyo Laboratoriya

Massa ulushi C(%)

NaCl

(NH4)2SO4

BaCl2

NaNO3

NH4Cl

H2SO4

NaOH

HNO3

3

1.027

1.022

1.034

1.025

1.011

1.020

1.032

-

6

1.041

1.034

1.053

1.039

1.017

1.041

1.065

1.038

8

1.056

1.046

1.072

1.053

1.023

1.055

1.087

1.044

10

1.071

1.057

1.092

1.067

1.029

1.069

1.109

1.056

12

1.086

1.069

1.113

1.082

1.034

1.088

1.131

1.068

Agar 1-jadvalda o‘lchangan zichlikning qiymati bo‘lmasa, u holda uning qiymati interpolyasiya usuli bilan topiladi.


Interpolyasiya usuli.

Masalan: NaC1 uchun o‘lchangan zichligi ρo‘lch=1,045 g/ml ga teng, 1-jadvalda bu miqdor yo‘q, shuning uchun jadvaldan katta va kichik qiymatlarni olamiz:

pkatta = 1,056; skatta = 8%;

pkichik = 1,041; skichik = 6 %;

bularning ayrimasini aniqlamiz:

r = 0,015 s = 2%

So‘ngra ρo‘lch bilan ρkichik o‘rtasidagi farq aniqlanadi:

ρ'= ρo‘lch - ρkichik = 1,045 - 1,041 = 0,004

Nihoyat, ρ1 = 0,004 ga to‘g‘ri keladigan s1 ning qiymatini topish uchun proporsiya tuziladi:

ρ - C 0,015 - 2%

ρ1 - C1 0,004 - C1 % C1=0,0042/0,015 = 0,53

Topilgan C1 ning qiymatini 1-jadvaldan olingan konsentrasiyaning kichik qiymatiga qo‘shib, haqiqiy massi ulushi topiladi Chak= Ckichik + C1 = 6 + 0,53 = 6,53 %

Aniqlangan qiymatlardan foydalanib eritmani molyal, molyar va normal konsentratsiyalari hisoblab toping.
Tajriba-3. Molyar va normal eritmalarni tayyorlash.

BaCl2·2H2O ni suvda eritib bariy xloridning 0,5 n eritmasidan 250ml tayyorlang. Bariy xloridning 0,5 n eritmasidan 250ml tayyorlash uchun qancha BaCl2.·2H2O kerakligini hisoblab toping. Og‘irligi ma’lum bo‘lgan stakanga BaCl2 solib texnoximiyaviy tarozida uni xisoblangan miqdorini 0,01 g aniqlik bilan tortib oling. Tortib olingan tuzni ozgina suvda aniqlik bilan tortib olingyu tortib olingan tuzni ozgina suvda eritib 250 ml li o‘lchov kolbasiga voronka yordamida qo‘ying. Voronkada qolgan eritmani distillangan suv bilan yaxshilab yuvib tushiring. Kolbani belgisigacha suv qo‘ying. Tayyorlangan eritmani solishtirma og‘irligini Areometr yordamida aniqlang. Eritmani

molyar va prosent konsentrasiyasini xisoblang.
6-laboratoriya ishini

HISOBOTI

Quyidagi tushunchalarni izohlang:

Eritma __________________________________________________

Eritmaning massa ulushi C% ________________________________

Molyal konsentrasiya C (t) (mol/kg erituvchiga) _______________

Molyar konsentrasiya C(M)(mol/litr) _________________________

Normal konsentrasiya C(N)(mol ekv./litr) ______________________

Tajriba 1 ga Topshiriq: .... % - li .... (tuzning formulasi)



eritmasini tayyorlang
Kuzatish natijalari

Jadval-2

Tajriba №

Tuzning fomulasi

Tuzning molyar massasi, Mg/mol

Tuzning ekvivalentini molyar massasi MEg/mol

Eritma zichligi, ro‘lch, g/ml

Eritmani hajmi,

V ml

1

















Tajriba-2 natijalari

Jadval-3

Eritmaning xaqiqiy massa ulushi (%) (interpolyasiya usuli)










Eritmaning massasi, m(er-ma)










Tuzning massasi, g; m(tuz)










Suv massasi, g; m(H2O)










Eritmaning molyar konsentrasiyasi, mol/l; s(M)










Eritmaning normal konsentrasiyasi, mol-ekv/l; s(n)










Eritmaning molyal konsentrasiyasi, mol/kg; s(m) =











Tajriba-3 natijalari

Jadval-4

Tuz nomi

Eritmaning zichligi

Molyar konsetrasiyasi

Normal konsentrasiyasi


























Nazorat savollari:

  1. Quyidagi eritmalarning har birida erigan moddaning mollar sonini hisoblang:

a) Ca(NO3) 2 g ning 0,358 M li 256 ml eritmasida;

b) HBr ning 0,0567 M li 4,0 • 104 l eritmasida;

v) Osh tuzining 0,565% -li NaC1 ning 450 g suvli eritmasida;

3. 10 g kaliy nitrat 80 g suvda eritildi. Eritmadagi KNO3 ning massa ulushini toping:



  1. Kaliy xlorid tuzining a) 10% li eritmasidan 100 g; 6)15% li eritmasidan 200 g tayyorlash uchun necha gramm tuz va necha gramm suv kerak?

  2. CuSO4 ning suvsiz tuzga hisoblangan 5% li eritmasidan 200 g tayyorlash uchun necha gramm mis kuparosi CuSO45H2O va suv kerak?

  3. 2 kg 3% li Na2SO4 eritmasini tayyorlash uchun necha gramm kristallogidrat

Na2SO4 • 10H2O va necha gramm suv kerak?

  1. 10% li eritmadan 250 grammiga 150 g suv ko‘shildi. Hosil qilingan eritmaning massa ulushini toping.

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI – 7

Elektrolit eritmalar. Tuzlar gidrolizi.



Asbob va reaktivlar. Elektr o`tkazuvchanlik aniqlanadigan asbob, probirkalar, shakar, marmar, rux metali, H2SO4, NaOH, NaCl, CH3COOH, NH4OH, CH3COONH4, HCl, Na2SO4, K2SO4, FeCl3, CaCl2 va Na2CO3 larning 0,1 n eritmalari. CoCl2 ning 1 n eritmasi. Metiloranj va fenolftalein indikatorlarining eritmalari. CaCO3 kukuni. Kristall holatidagi CH3COONa va NH4Cl.
1-tajriba. Elektrolit eritmasining elektr o`tkazuvchanligi.
a) 150¸200 ml sig`imli stakanga ikkita elektrod tushiring va ularga ketma-ket qilib elektr lampochkasini ulang. Stakanga 100 ml miqdorida distillangan suv quyib, unga elektrodlarni tushiring va asbobni elektr mabaiga ulang. Lampochka yonadimi? Asbobni elektr manbaidan uzing. Stakandagi suvda ozgina shakar eriting va eritmaning elektr o`tkazuvchanligini yuqoridagi tartibda tekshirib ko`ring.

Stakandagi shakar eritmasini to`kib tashlang va stakan hamda elektrodlarni dastlab oddiy suvda, so`ngra distillangan suvda yuving. Keyingi tajribalarda ham stakandagi bir eritmani boshqasi bilan almashtirishda stakan va elektrodlarni xuddi shunday tartibda tozalang.

b) Navbatma-navbat sulfat kislotasi, o`yuvchi natriy, natriy xloridning 0,1 n eritmalari elektr o`tkazuvchanligini tekshirib ko`ring. Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi haqidagi xulosalaringizni yozing va elektrolit eritmalaridagi moddalarning dissotsiyalanish tenglamalarini tuzing.

v) Elektr o`tkazuvchanlikni aniqlash asbobida sirka kislota, ammiakli suv (NH4OH) va ammoniy atsetatning 0,1 n eritmalarining elektr o`tkazuvchanligini alohida-alohida sinab ko`ring.

Elektrolit eritmalaridagi moddalarning dissotsilanish tenglamalarini yozing.
2-tajriba. Dissotsilanish darajasining elektrolit tabiatiga bog`liqligi.
Ikkita probirkaga 2-3 ml dan 0,1 n xlorid va sirka kislotasi eritmalaridan quying. Ikkala probirkaga bir xil miqdordagi rux bo`lakchalarini soling. Har bir probirkadagi vodorod gazining ajralib chiqish tezligiga e’tibor bering. Reaksiyalar orasidagi farqni izohlang. Reaksiyalarning tenglamalarini tuzing.
3-tajriba. Elektrolit eritmalarida kimyoviy muvozanatning siljishi.
a) Ikkita probirkaga 1-2 mldan sirka kislotasining 0,1 n eritmasidan quying va ularga metiloranj indikatori eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Probirkalarning biriga natriy atsetat CH3COONa kristalidan bir chimdim soling va probirkani chayqating. Probirkalardagi ranglarni solishtiring. Eritma rangining o`zgarish sababini tushuntiring.
b) Ikkita probirkaga 1-2 ml dan ammiakli suv NH4OH eritmasidan quying va ularga fenolftalein eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Probirkalardan biriga ammoniy xlorid NH4Cl kristalidan bir chimdim soling va yaxshilab aralashtiring. Probirkalardagi eritmalar rangini solishtiring. Eritma rangining o`zgarish sababini tushuntiring.
v) CoCl2 ning molekulasi ko`k rangga, eritmadagi Co2+ ioni esa pushti rangga ega. Probirkaga kobalt xloridning 1 n eritmasidan 5 tomchi tomizilib, eritmada ko`k rang hosil bo`lguncha konsentrlangan xlorid kislotadan tomchilatib qo`shing. So`ngra eritmaning rangi pushtiga aylanguncha tomchilatib suv qo`shing.

Eritmadagi kobalt xloridning muvozanat sxemasini yozing. Bu eritmaga xlorid kislota qo`shilganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi?


4-ajriba. Kam eriydigan moddalar (cho`kmalar) hosil bo`lishi bilan boradigan reaksiyalar.

a) Uchta probirkaga 1-2 mldan biriga natriy sulfat, ikkinchisiga rux sulfat va uchinchisiga kaliy sulfat eritmalaridan quying. Har bir probirkaga xuddi shunday hajmda bariy xlorid eritmasidan qo`shing. Uchala probirkada ham bariy sulfat BaSO4 cho`kmasi hosil bo`ladi. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.

b) Probirkaga temir (III)-xlorid eritmasidan 1-2 ml quying va unga natriy gidroksid eritmasidan qo`shing. Temir(III)- gidroksid Fe(OH)3 cho`kmasi hosil bo`lishini va uning rangini o`zgarishini kuzating. Xuddi shunday tajribani mis(II)-sulfat va kaliy gidroksid eritmalari o`rtasida ham amalga oshiring. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.

v) Probirkaga kalsiy xlorid eritmasidan 1-2 ml quyib, uning ustiga bir necha tomchi natriy karbonat eritmasidan qo`shing. Cho`kma hosil bo`lishini kuzating. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.



5-tajriba. Kam dissotsilanadigan moddalar hosil bo`lishi bilan boradigan reaksiyalar.

a) Probirkaga natriy gidroksidning 0,1 n eritmasidan 1-2 ml quying, unga 1-2 tomchi fenolftalein indikatoridan tomizing. Eritma pushti rangga kiradi. Bu eritmaga shuncha miqdor xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan 1-2 ml qo`shing. Rangning yo`qolishiga e’tibor bering. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.


b) Kukun holatidagi bir chimdim kalsiy karbonat CaCO3 ni ozroq suv bilan aralashtirib, unga xlorid kislota eritmasidan qo`shing. Reaksiya natijasida gaz ajralib chiqishini kuzating. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
v) Probirkaga soda Na2CO3 eritmasidan quyib, ustiga shuncha miqdordagi xlorid kislota eritmasidan qo`shing. Bunda qanday hodisa ro`y beradi? Reaksiya natijasida kuchsiz karbonat kislota hosil bo`lishini va uni parchalanishini hisobga olgan holda reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
Savol va mashqlar:

1. Elektrolit va elektrolitmaslar haqida tushuncha bering va ularga misollar keltiring.

2. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining mohiyatini ayting.

3. Asos, kislota va tuzlarning dissotsilanishini misollar asosida tushuntiring.

4. Dissotsilanish darajasi va konstantasi nimani tavsiflaydi?

5. Quyidagi reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini tuzing:

a) CaCl2 + Na3PO4 =

b) Na2S + CuCl2 =

v) Zn(OH)2 + H2SO4 =

g) Ca(OH)2 + CO2 =

d) Ba(OH)2 + HNO3 =

e) MgCO3 + HCl =

6. Oz eriydigan elektrolitning eruvchanlik ko`paytmasi deb nimaga aytiladi?

7. Xona haroratida bariy sulfatning 100 ml to`yingan eritmasida 2,4*10-4 g BaSO4 bo`ladi. EK ni hisoblang.

8. Xona haroratida 1 g bariy karbonat BaCO3 ni to`la eritish uchun qancha suv kerak? EK BaCO3 = 1,9 * 10 -9 .

9. Bariy xromatning 1 l to`yingan eritmasi tarkibida (t=25oC da) 0,0039 g BaCrO4 bo`ladi. Bu tuzning eruvchanlik ko`paytmasini toping.

10. CaCO3 ni cho`kmaga tushirish uchun kalsiy sulfatning 100 ml 0,1 M eritmasiga necha gramm natriy karbonat qo`shish kerak?


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin