Ishning maqsadi: Ma’lum konsentrasiyali eritmalar tayyorlash, areometr yordamida eritlarning konsetratsiyasini aniqlash.
Kerakli jixoz va reaktivlar: H2O-distillangan suv, NaCl-natriy xlorid (oq kristall modda), BaCl2 - variy xlorid (oq kristall modda), NH4Cl-ammoniy xlorid (oq kristall modda), NaOH-o‘yuvchi natriy (oq kristall modda). Menzurka, stakanlar, shisha tayoqcha, eritma zichligini o‘lchovchi areometr, laborator-texnik tarozi.
Nazariy qism:
Ikki yoki bir necha komponentlardan iborat qattiq yoki suyuq bir jinsli gamogen sistemalar eritma deb ataladi. Eritmani tashkil etgan komponentlardan biri erituvchi (mihit), qolganlari esa eruvchi (erigan modda) bo‘ladi.
Molekulasi ion yoki qutbli bog‘lanishga ega har qanday modda erituvchi bo‘ladi.
Agar erituvchi va eruvchi molekulalari ion yoki qutbli bog‘lanishda bo‘lsa, u vaqtda qaysi moddaning miqdori ko‘p bo‘lsa, shu modda erituvchi bo‘ladi.
D. I. Mendeleyev moddalarning eritmadagi holatini tekshirib, erish jarayonininmg kimyoviy xususiyati to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi. U qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar erituvchida eritilganda erigan moddaning molekulalari yoki ionlari erituvchi bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir etib, birikmalar hosil qiladi degan xulosaga kelib, bu birikmalarni solvatlar deb atadi. Agar erituvchi suv bo‘lsa, erigan modda molekulalari yoki ionlari suv molekulalari bilan birikib, gidrat hosil qiladi, jarayon esa gidratlanish deyiladi. Erigan moddalarning va erituvchining molekulalari qanchalik polyar bo‘lsa, ion bog‘lanishga eda bo‘lsa solvatlar shunchalik oson xosil bo‘ladi va ular shunchalik barqaror bo‘ladi.
Gidratlar hosil bo‘lishini, shuningdek, moddalarning erishi natijasida issiqlik yutilishini yoki chiqishini nazarda tutib, eritmalarni kimyoviy birikmalardek qarash mumkin edi. Biroq eritmalar tarkibining o‘zgaruvchanligi, ya’ni erigan modda bilan erituvchining miqdorlari orasida ekvivalent nisbat yo‘qligi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtiriladi.
Demak, eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oralig‘idadir.
Ko‘pincha, eritmalar dispers sistemalar deb yuritiladi. Erigan modda dispers - faza, erituvchi esa dispersion muhit deb ataladi.
Moddalarning agregat holatlariga qarab, turli dispers sistemalar bo‘lishi mumkin.
Masalan: gaz + gaz; qattiq modda + suyuqlik;
suyuqlik + gaz; gaz + qattiq modda;
qattiq modda + gaz; qattiq modda + qattiq modda va hokazo.
Dispers modda zarrachalarining maydaligiga qarab, dispers sistemalar bir nechta guruhga bo‘linadi:
Dag‘al dispers sistemalar;
Kolloid eritmalar;
Molekulyar yoki chin eritmalar.
Dostları ilə paylaş: |