11-tajriba. Temirga kislotaning ta’siri.
a) Uchta probirkaga 2—3 donadan probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga 2 n xlorid kislota, ikkinchi probirkaga 2 n sulfat kislota, uchinchi probirkaga 2 n nitrat kislota eritmasidan qo‘shing. Birinchi va ikkinchi probirkada vodorod ajralib chiqishini va temirning II valentli tuzini hosil bo‘lishini isbotlang. Uchinchi probirkada gaz chiqmasligini kuzating. Probirkadagi eritmaga ozroq 2 n natriy gidroksid eritmasidan qo‘shib, probirkani qizdiring. Ammiak ajralib chiqishini hididan biling. II valentli temir tuzi va ammoniy nitrat hosil bo‘lishini hisobga olib reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita probirkaga probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga kontsentrlangan nitrat kislota eritmasidan, ikkinchisiga kontsentrlangan sulfat kislota qo‘shing. Reaktsiya bo‘lmasligini kuzating. Probirkalarni mix shtativga o‘rnatib qizdiring. Probirkada azot (II)-oksid chiqib, havodagi kislorod bilan birikib pushti rangli NO2 gaziga aylanadi, ikkinchi probirkada o‘tkir hidli SO2 chiqishini kuzating. Probirkalarda uch valentli temir tuzi hosil bo‘lganligini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Dostları ilə paylaş: |