Anod va katodda eritmani o‘zgarishiga e’tibor beriladi va KJ ning suvli eritmasini elektroliz sxemasini tuzing.
Na2SO4 ning elektrolizi. Tajriba:2. U simon nayga Na2SO4eritmasidan quyib, unga bir necha tomchi neytral lakmus tomiziladi. Eritmadan doimiy tok o‘tganda elektrodlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni yozing.
Tajriba: 3. Usimon nayga mis sulfat eritmasidan quying. Ko‘mir elektrodlar yordamida 4-5 minut davomida elektr toki o‘tkazing. Shunda elektrodlarda nima ajratildi? Mis sulfat eritmasining elektroliz sxemasini tuzing. Eruvchan anodli elektroliz.
Tajriba: 4. Avvalgi tajribada sirtiga mis ajralgan elektrodni tok manbaiga ulang. Anodda ajralgan misning erishini kuzating. Bu jarayonning elektroliz sxemasini tuzing.