Tarbiya texnologiyasi– tarbiya natijalariga asoslanib, tarbiyaning maqsad va
vazifalarini oydinlashtirish, tarbiya jarayonining har bir bosqichini alohida-alohida
loyihalash, tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan
tizimli jarayon.
―Samaradorlik‖ tushunchasi, garchi daromad olish, xarajatlarni kamaytirish,
mehnat samaradorligining o‗sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik
tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasa-da, baho, foyda, daromad,
xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‗llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‗z
mohiyatiga ko‗ra mo‗ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish
xarajatlari va yo‗qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan
yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
Innovatsiya
– bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va
mahsulotlarning sifatli o‗sish samaradorligini ta‘minlash uchun joriy etilgan yangilikdir.
Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va
ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
24
Innovatsiya
– foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada
yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki
ish amaliyotidagi, ish o‗rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‗rnatishdagi
yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.“Innovatsiya”atamasi lotincha“novatio”so‗zidan
olingan bo‗lib,“yangilanish”(yoki“o„zgarish”),“in”qo‗shimchasi esa
lotinchadan“yo„nalishida”deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit“Innovatio”ko‗rinishida
tarjima qilsak –“o„zgarishlar yo„nalishida”deb izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |