Pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi
taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo‗lgan hamda
takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha amaliy vazifalarni yanada
yuqoriroq darajada amalga oshirish yo‗lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Bilim va ko‗nikmalarni shakllantirish darsining tuzilmasini tayyorlashda
quyidagilarga ahamiyat beriladi:
dars maqsadini aniqlash;
dars davomida egallaninshi lozim bo‗lgan tayanch bilim va ko‗nikmalarni
eslatish;
nazorat topshiriqlarini bajarish;
yangi ko‗nikma bilan tanishtirish va uning o‗qituvchi tomonidan namoyish
qilinishi;
yangi ko‗nikmani o‗zlashtirish mashqlarini bajarish;
yangi ko‗nikmalarni mustahkamlash mashqlarini bajarish;
namuna, algoritm, ko‗rsatma (instruksiya) bo‗yicha bajariladigan mashqlar;
o‗xshash vaziyatlarga olib keladigan mashqlarni bajarish;
ijodiy mashqlar;
darsning o‗quv maqsadlariga erishilganligini, ya‘ni o‗zlashtirilgan yangi bilim va
ko‗nikmalarni baholash;
darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
|