Folgard usuli argentometriya usullaridan biri bo`lib, bu usul AgSCN hosil bo`lish reaksiyaga asoslangan:
Ag+ + SCN– = AgSCN↓
Bu usulda KSCN yoki (NH4)2SCN eritmalari ishchi eritma bo`lib, Folgard usuli teskari titrlashga misol bo`ladi. Demak, bu usulda ikkinchi ishchi eritma titrlangan AgNO3 eritmasi bor. Shuning uchun Folgard usuli ham argentometriya, ham rodanometriya usuli deb ataladi.
Folgard usuli bo`yicha xlorid, bromid yoki yodidlar quyidagicha aniqlanadi. Aniqlanayotgan eritmaga byuretkadan AgNO3 ning aniq o`lchangan hajmda titrlangan eritmasi solinadi; bu miqdor Cl– (Br– yoki J–) ionlarining hammasini to`liq cho`ktirishga keragidan ortiq bo`lishi kerak.
Kumushning ortiqcha eritmasini KSCN yoki (NH4)2SCN eritmasi bilan titrlanadi. Bu holda (NH4)2Fe(SO4)2•12H2O eritmasi indikator bo`lib xizmat qiladi. Hali eritmada kumush ionlari bor ekan, qo`shilayotgan SCN– ular bilan oq cho`kma AgSCN hosil qilib reaksiyaga kirishadi. Ag+ va SCN– ionlari bilan reaksiya tugashi bilan ishchi eritmaning keyingi tomchisi indikator bilan reaksiyaga kirishadi. Hosil bo`ladigan tuz eritmani qizil rangga bo`yaydi.
Fe3+ + 3SCN– = Fe(SCN)3
Folgard usuli bo`yicha titrlashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
a) kumush tuzi rodanid bilan titrlanishi kerak, teskarisi emas;
b) aniqlash kislotali muhitda bajariladi;
c) aniqlash simob tuzlari va kuchli oksidlovchilar bo`lmagan vaqtda bajariladi.
Folgard usuli klinik tekshirish usullarida qon tarkibidagi xloridlarni aniqlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |