Qadriyatlar yo„nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.
Yo‗nalish turi
Qadriyatlar kategoriyasi
Korxona ko‗zlayotgan
maqsadlar toifalari (tiplari)
Nazariy
Haqiqat
Bilim
Oqilona fikrlash
Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar
Iqtisodiy
Qulaylik
Foydalilik
Boylik jamg‗arish
O‗sish
Foyda olish
Natijalar
Siyosiy
Xokimiyat
Hurmat qozonish
Kapital va sotishning umumiy
xajmi, ishlovchilar soni
Ijtimoiy
YAxshi munosabatlar
Sadoqat
Nizolarning bo‗lmasligi
Foydalilikdan ijtimoiy mas‘uliyatning yuqori turishi
Bilvosita raqobat
Tashkilotdagi yaxshi muxit
Estetik
Badiiy muvofiqlik
SHakl va o‗lchamlar mosligi
Tarkib
Mahsulot dizayni
Sifat
Foydani kamayishi hisobiga bo‗lsa ham ko‗rkamlikni
ta‘minlash.
Diniy
Borliq bilan muvofiqlik,
kelishuv.
Etika
Ma‘naviy muammolar
Korxona missiyasi uning madaniyati – korxona ob‘ro‗sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me‘yor va g‗oyalari majmuasi bilan chambarchas bog‗liqdir. U hayotda quyidagilarda o‗z aksini topadi:
korxonaning xatti–harakatlarida – barcha xodimlar uchun yagona bo‗lgan tamoyillarda;
firma kommunikatsiyalarida – axborotni uzatish usullarida;
korxonani ko‗rgazmali taqdim etish vositalarida – firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko‗rinishi va x.k.
Korxona imidji firmaning iste‘molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas‘uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg‗otishga intilishini aks ettiradi.