Xarajatlar smetasi.
Xarajatlar smetasi ikki qismdan : asosiy va qo‗shimcha ya‘ni kutilmagan jismoniy va narxiy o‗zgarishlar bilan bog‗liq xolatdagi smetasidan iboratdir.
Asosiy smeta loyxani maqsadga muvoffikligini birlamchi asoslanishining bir qismi sifatida tayyorlanadi va uni aniq muxandislik bilan ishlanishi natijasi asosida, uni ishlab chiqilishi vaqtida qiymatini aniqrok baholab beradi. SHuningdek bunday loyihani rejalashtirilgan muxlatda amalga oshirilishi xisobga olingan holda, sotib olinadigan ashyolar va xizmatlarni hajmi va qiymati talab qilinadigan darajadagi aniqlikda bo‗ladi va loyihani ishga tushirishda xech qanday o‗zgarishlar qilinmaydi. Binobariin, asosiy smetaga loyihani ishga tushirish davrida son va narx o‗zgarishlari bo‗yicha xech qanday o‗zgartirishlar kiritilmaydi. Ular ko‗zda tutilmagan xarajatlar smetasi yordamida xisobga olinadi. Bu smeta shunday fizik va narxga tegishli o‗zgarishlar xisobga olinadiki ularni asosiy smetani tuzib belganidan to loyihani ishga
tushirguncha kutish mumkin. Xarajatlar to‗la smetasi - asosiy va kutilmagan xarajatlar smetasidan tashqil topib u loyihani oxirgi eng maqbul qiymatini ifodalaydi.
Moddiy ko‗rsatkichlarni kutilmagan o‗zgarishlari. Moddiy ko‗rsatkichlarni kutilmagan o‗zgarishlari loyiha amalga oshgan sari bajarilgan ish hajmini, sotib olinadigan dastgohlar soni va turini o‗zgarishi xisobiga kelib chiqadi va asosiy smetaga qaraganda loyiha bo‗yicha kutilgan ko‗lamda xarajatlar hajmini, qiymatini aks ettiradi.
Ko‗zda tutilmagan xolat sifatida masalan, geologik faol xududlarda kutilmaganda ko‗chmalar yoki er qimirlashlar; iqlim sharoitlarini o‗zgarishlari, masalan, tez-tez yog‗in- sochinlarni bo‗lishi, shamol yo‗nalishlarini o‗zgarishi, loyihani amalga oshirilayotgan xududga qurilish materiallarini etkazib berilishidagi qiyinchiliklar va x.k. Bu kabi turli qo‗yilmagan xarajatlar salmog‗i jaxon banki tomonidan qabul qilingan tartibda belgilanadi.
Loyihalarda muntazam ishlatiladigan andozali dastgohlar uchun 5% yoki fuqaro muxandislik inshaotlarida aniqlanish imkoniga ega ish turlari, ya‘ni, masalan yo‗l qatlamlarini joylashtirish, kanallarni qoplamlar bilan qoplash.
Agar takrorlanib turadigan va noaniqlikni oldindan aytib beruvchi omillar bilan umumiy fuqaro qurilishi bo‗ladigan bo‗lsa 10%. Masalan, imorat inshotlari, kuvur o‗tkazgichlari, elektr simlari va tekis erlarda o‗tkaziladigan yo‗l va tuproq qazish ishlari.
Agar ishlov beradigan korxonalar, inshoatlar, murakkabroq erlardagi muxandislik inshoatlari, yirik va mayda sug‗orish va drenaj inshoatllari va tugonlar bo‗ladigan bo‗lsa 15%.
Basharti moddiy ko‗rsatkichlarni kerakli zaxiralarni kutilmagan o‗zgarishlari bo‗yicha 15-20% dan ortiq bo‗lsa loyiha rejasini takomillashtirish tavsiya kilinadi va joylardagi vaziyatni qo‗shimcha ravishda noaniqlik darajasini ushbu bitimga davogarni taklif qilinib uni kamaytirish yo‗llarini o‗rganib chiqiladi. Ba‘zan ishlar bo‗yicha ko‗zda tutilmagan o‗zgarishlarni oldindan to‗la aytib bo‗lmaydi. Masalan, tog jismida yorilgan joy bo‗lgan joylarda er osti yo‗llarini qazish yoki tog jinsini ko‗chishini tuxtalishi qiyin bo‗lgan erlarda 50% li ko‗zda tutilmagan moddiy omillar uchun zaxiralar o‗zini oqlagan deb xisoblanadi.
Narxlarni kutilmagan o‗zgarishlari loyihani turli tarkibiy bo‗laklarini asosiy xarajatlar smetasi tuzilgandan keyin yuzaga kelgan narxlar o‗zgarishi xisobiga bo‗ladi va u loyihani kutilgan qiymatini oshirishiga olib keladi.
Narxni kutilmaganda o‗zgarishini aniqlash uchun 2 omil xisobga olinadi.
Loyihani amalga oshirish muxlati davomidagi maxalliy va jaxon inflyasiyalar darajasi;
Ba‘zi bir ish va xizmat turlarini maxalliy va xorijiy narxlarini umumiy inflyasiyaga moyilligidan ogishini kutilgan darajasi.
Agar loyiha bo‗yicha tuzilgan bitimlarda ishlar bajarilishga yoki dastgohlarga ma‘lum narxni indeksatsiyasi ishlatilishi eslatib o‗tilgan bo‗lsa, unda bu sharoitni xisobga olinadi.
Tavakkalchilik uchun kushimcha xaq to‗lash. Loyihada tavakkalchilik uchun qo‗shimcha xaq muammoli fizikaviy sharoitlar evaziga to‗lanadi. Masalan, loyiha joylashgan joyga uni kirishi murakabligi, transportni yomon ishlashi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, pudratchilarni buyurtma bo‗yicha bajarilgan ishlari gayri tabbiy tavakkalchilik tufayli bo‗lganda to‗lanadi.
Tavakkalchilik uchun to‗lanadigan xaqni har qanday qismi, agar buyurtma qabul qilingan va baho belgilangan bo‗lsa, unda uning zarurati bulmay qoladi va bekor qilinishi kerak. SHuning uchun smetaga aloxida ―tavakkalchilik uchun kushimcha xaq to‗lash‖ ni o‗rniga savdoni kutib turish buyurtmani olish ahamiyatliroqdir. Bu esa loyihani moliya bilan ta‘min etishdan oldin ishonchliroq xarajatlar smetasiga ega bo‗lish imkonini beradi.
Loyihani texnik tomonini ishlab chiqishda o‗z ichiga loyihani amalga oshirish rejasini ko‗rsatishni ham oladi. Bunda har bir ko‗rsatilgan ishni kim va qachon bajarilishi bayon etiladi. Loyihani amalga oshirish jadvali aniq, ya‘ni loyiha uchun javobgar shaxs va tashqilotlar ko‗rsatigan va uni oddiy hamda samarali ishlatiladigan bo‗lmog‗i lozim aks holda loyihani amalga oshirish reja topshirigi muxlatlarini kechiqishiga, bu o‗z navbatida turli bo‗limlar orasida noxush kelishmovchiliklar kelib chiqishiga olib keladi. Pirovardida loyihani samarasiga
salbiy ta‘sir etadi.
Dostları ilə paylaş: |