OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
T.SH.GAYIBOV, H.F.SHAMSUTDINOV, B.M.PULATOV
ELEKTR ENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH, UZATISH
VA TAQSIMLASH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5310200-Elektr energetika
(tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
1
TOSHKENT ‒ 2015
UO‘К: 621.316
KBК 31.27 G-15
G-15 T.Sh.Gayibov, H.F.Shamsutdinov, B.M.Pulatov. Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. –T.:
«Fan va texnologiya», 2015, 216 bet.
ISBN 978–9943–975‒97‒2
Ushbu kitobda elektr energiyani ishlab chiqarishning an’anaviy va noan’anaviy usullari, elektr energetika tizimlari va ularning tashkiliy qismlari, elektr stansiyalari va podstansiyalarining asosiy jihozlari, elektr uzatish liniyalarining konstruktiv elementlari, elektr tarmoqlarida isroflarni hisoblash va kamaytirish, elektr tarmoq elementlarining almashtirish sxemalari va hisobiy parametrlari, elektr tarmoqlarini hisoblashga oid masalalar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining «Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu ta’lim yo‘nalishi bazasidagi magistratura mutaxassisliklari va unga yaqin bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari talabalari, elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi yosh mutaxassislar uchun ham foydali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |