O`zbekiston respublikasi


bo‘limcha so‘zlari izohida (sinonim sifatida) berilgan bo‘lsa, 5 jildli lug‘atda oraz



Yüklə 42,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.06.2022
ölçüsü42,06 Kb.
#61265
1   2   3   4   5
ayrim manodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lugatlardagi izohi xususida

bo‘limcha so‘zlari izohida (sinonim sifatida) berilgan bo‘lsa, 5 jildli lug‘atda oraz 
II, mo‘g‘ulcha (bu musiqa terminlari eski lug‘atda berilmagan), seksiya, uzzol, 
filial so‘zlarida keltirilgan.
E’tiborli tomoni shundaki, shu’ba leksemasining izohli lug‘atda shuncha 
so‘zda izohlash maqsadida yoki sinonim sifatida keltirilib, shuningdek, imlo, 
terminologik, ensiklopedik lug‘atlarga ham kiritilsa-da, besh jildli O‘TILda 
ijtimoiy-siyosiy terminlik ma’nosi yana esk. (eskirgan) uslubiy belgisi bilan 
berilgani va 2 jildli lug‘atdagi misollarning berilgani (izohlar 2 jildli izohli lug‘at 
bilan bir xil) taajjublanarli.
O‘TILdagi shu’ba 1 ni tasdiqlovchi misollar uning eskirgan ma’nosiga 
berilgan bo‘lib, sho‘ro tuzumining dastlabki yillarida «bo‘lim, idora, jamoat 


tashkiloti» ma’nolarida qo‘llangan: 1919 yildan boshlab Toshkent musulmon 
Xotin-qizlar shu’basiga rais bo‘lib ishladim… O‘TIL, 5, 9-b. 
Bu termin shu ma’nolarda 20-asr boshidan to o‘rtalarigacha shu ma’nolarda 
qo‘llanib kelgan: ..60 dan ortiq yoshlarning xorijga ta’lim olish uchun jo‘natishda, 
«Anjumani tarix» sho‘’basi (?) tomonidan «Buxoro arki tarixi» qo‘lyozmasining 
yozilishida… Fitratning xizmati beqiyos edi. (Odilqoriyev X., Razzoqov D. 
Siyosatshunoslik. T., 2009, 95-b.) 
O‘TILda seksiya terminining ham shu’ba leksemasiga ma’nodoshligi qayd 
etilgan. Aniqrog‘i, seksiyaning 2-ma’nosi shu’ba leksemasi bilan almashganini 
uning esk. (eskirgan) pometasi bilan ta’minlanib shu’ba leksemasiga havola 
etilganidan bilish mumkin: 
2 esk. q. sho‘ba (?) Konferensiyaning imlo va nutq madaniyati seksiyasi. 
Terminologiya seksiyasi. Misol. 
O‘TILda (5 jildlida) seksiya termini to‘g‘ri izohlar bilan ta’minlangan. Ikki 
jildli lug‘atda izoh berilgan «syezd, konferensiya, kengash va sh .k. da ayrim 
masalalarni muhokama qiluvchi mutaxassis vakillar guruhi» ma’nosini shu’ba 
leksemasi bilan ifodalanayotgani bois yangi lug‘atda bu ma’noga izoh berilmasdan 

Yüklə 42,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin