Mavzularga doir illyustratsiyali tarqatma matiriallar masalalar tayyorlash;
Mustaqil o‘qigan ma’lumotlaridan taqdimot tayyorlash.
4.
V. Ta’lim natijalari/ kasbiy kompetensiyalar Talaba bilishi kerak: -fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari;
-o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi;
-O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bog‘liqligi va davomiyligi, tarixiy voqyealar vorisiyligi;
-mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O‘zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari;
turli davrlarda ozodlik yo‘lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari;
-O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga; -Vatanimiz tarixi bo‘yicha o‘z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqyealar va jarayonlarni tahlil qila bilish;
-O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligini teran his qila olish;
-ajodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish;