O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 150 Kb.
səhifə2/9
tarix11.10.2022
ölçüsü150 Kb.
#64899
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'z.tarixi Modul dastur davolash va h.k.2022-2023

II. Asosiy nazariy qism
II.I. Modul tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1- semestr:
1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” modulining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” modulining dolzarb masalalari va nazariy-metodologik asoslari. Fanning maqsad va vazifalari. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishdagi manbalar va davrlashtirish masalasi. Bo‘lajak shifokorlar uchun fanni o‘rganishning ahamiyati.
2-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo‘li. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi. Prezidentlik institutining joriy etilishi. 90-yillarda O‘zbekistondagi siyosiy vaziyat. Qayta qurish siyosati va uning mazmuni. I.Karimovning rahbar etib tayinlanishi. Farg‘ona fojealari. 1991 yil avgust voqyealari. Mustaqilikka tomon harakat.
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Davlat ramzlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”. Mulkdorlar sinfining shakllantirilishi. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining mazmun-mohiyati.
3-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda fan, ta'lim, sport, san'at, adabiyot va sog‘liqni saqlash tizimi rivoji. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fan va ta'limni takomillashtirish imkoniyatlari, bu borada olib borilgan islohotlar mazmuni. “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va milliy modeli. Respublikadagi oliy ta'lim tizimi. San'at, adabiyot, sport, madaniyat sohasidagi yangilanishlar, muammo va yutuqlar. Inson salomatligini saqlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, olib borilgan islohotlar mazmuni. Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga yangicha yondashuv. Tibbiy kadrlar masalasi. Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish istiqbollari.

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin