O‘zbekiston respublikasi


Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari



Yüklə 150 Kb.
səhifə6/9
tarix11.10.2022
ölçüsü150 Kb.
#64899
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'z.tarixi Modul dastur davolash va h.k.2022-2023

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari:

  1. Belgilangan nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  2. Berilgan mavzu bo‘yicha doklad tayyorlash;

  3. Mashg‘ulot mavzulari bo‘yicha konspekt yozish;

  4. Modulning mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;

  5. Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;

  6. Grafik organayzer ishlab chiqish va to‘ldirish;

  7. Krossvordlar tuzish va yechish;

  8. Mavzularga doir illyustratsiyali tarqatma matiriallar masalalar tayyorlash;

  9. Mustaqil o‘qigan ma’lumotlaridan taqdimot tayyorlash.




4.

V. Ta’lim natijalari/ kasbiy kompetensiyalar
Talaba bilishi kerak:
-fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari;
-o‘zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi;
-O‘zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bog‘liqligi va davomiyligi, tarixiy voqyealar vorisiyligi;
-mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O‘zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari;
turli davrlarda ozodlik yo‘lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari;
-O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga;
-Vatanimiz tarixi bo‘yicha o‘z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqyealar va jarayonlarni tahlil qila bilish;
-O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligini teran his qila olish;
-ajodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish;

Yüklə 150 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin