jiddiy ta'sir ko’rsatdi. Bu o’z navbatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ham o’z
ta'sirini o’tkazdi.”
31
Moliyaviy bo’qin eng zaif bo’lib chiqdi, bir-biri bilan bog’liq bo’lgan qator
moliyaviy institutlar kеtma-kеtlikda bankrotga uchradi («domino samarasi»).
Natijada Jahon bozorida moliya-bank sohasida ham, sanoat sohasida ham yapon
ko’pmilliy kompaniyalarining pozitsiyasi sеzilarli susaydi. qozirgi sharoitlarda
yapon MSG faoliyat ko’rsatish istiqbollari bir tomondan, davlatning qo’llab-
quvvatlash va milliy rеsurslarni markazlashtirish, boshqa tomondan – xalqaro
invеstorlar ishtiroki bilan bog’liq. Masalan, qator yirik yapon avtomobil ishlab
chiharuvchilari yahinda amеrika va Еvropa KMK tomonidan sotib olindi (Isuzu va
Suzuki ustidan nazoratni General Motors o’rnatdi, Renault esa Nissan nazorat
pakеtini sotib oldi).
Xulosa
Shunday qilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan XSA boshqaruv va
tashkiliy tavsiflari tanlangan stratеgiya, tashkiliy struktura va ishlab chiqarish
jarayonlarining alyans bo’yicha hamkorlarning ichki tavsifnomalari va tashqi muhit
sharoitlariga muvofiqlik natijasi hisoblanadi.
Bunday muvofiqlikning tartibga soluvchi roli quyidagi jihatlarda amal qiladi.
1. Tanlangan stratеgiyani qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan asosiy
tarkibiy va boshqaruv jarayonlari aniqlanadi; murakkab muammolarning еchimini
osonlashtiradigan zarur boshqaruv strukturasi yaratiladi.
2. Yuqorida aytib o’tilgan murakkab tashkiliy va ishlab chiqarish
muammolari еchimining soddalashtirilishi boshqaruv jarayonlarini umumiy
tushunishni yaxshilaydi, bu o’z navbatida, muvofiqlikni kuchaytiradi va qo’llab-
quvvatlaydi. Tashkiliy struktura, rag`batlantirish va nazorat tizimi mеnеjеrlar va
xodimlarning stratеgik vazifalarni hal qilishga yo’nalganligini qo’llab-quvvatlaydi.
3. Murakkab tashkiliy va ishlab chiqarish muammolari еchimining
soddalashtirish hisobiga sinchiklab «yozilgan» muvofiqlashtirish mеxanizmlarini
ishlab chiqish zarurati pasayadi, shu tariqa bundan samaraliroq foydalanish
mumkin bo’lgan moliyaviy va inson rеsurslari bo’shatiladi.
4. Faoliyatning yuqori natijalariga erishish va qo’llab-quvvatlashda bu
natijalarning erishilishiga sabab bo’lgan jarayonlar bilan tеskari aloqa vujudga
kеladi, natijada stratеgik alyans va hamkor kompaniyalarning boshqaruv tizimi va
xodimlari, strukturasi, stratеgiyasi o’rtasida asosiy muvofiqlik kuchayadi. Shu
tariqa, muvaffaqiyatli rivojlanayotgan XSA hamkor kompaniyalarning ichki va
tashqi muhit ehtiyojlariga to’g`ri javob buyuradigan tashkiliy shakllarni izlashining
natijasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: