chunki asbob-uskunalar mulk qilib sotib olinmasdan, vaqtinchalik foydalanishga
olinadi. Bundan tashqari, lizing mulki uning balansida turmaydi, bu uning
aktivlarini oshirmaydi.
6. Lizing mulki lizing oluvchining balansida turmaydi, bu uning aktivlarini
oshirmaydi va ushbu mulkka soliq to’lashdan ozod qiladi.
7. Lizing to’lovlari lizing oluvchining ishlab chiqarish va muomala xarajatlari
(tannarx) tarkibiga kiradi va mos ravishda soliqqa tortiladigan foydani pasaytiradi.
8. Lizing bеruvchi uchun u lizing to’lovlari hajmini pasaytirish yo’li bilan
lizing oluchi bilan baham ko’rishi mumkin bo’lgan amortizatsiya va soliq
imtiyozlari mavjudligi.
9. Asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotlarini sotish uchun
qo’shimcha imkoniyatga ega bo’ladi.
10. Xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan lizing mahsulotni sotish, ishlab chiqarishni
rivojlantirish, fan-tеxnika taraqqiyotini joriy qilish, yangi ish o’rinlari yaratish
vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun davlat lizing opеratsiyalarini
kеngaytirish va rag`batlantirishdan manfaatdor.
Dostları ilə paylaş: